Category

Similar Problems

0484. Boshqacha XOR

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

XOR amali (2 ning moduli bo’yicha qo’shish, belgilanishi ⊕) – ko’plab sohalarda qo’llaniladigan mantiqiy funksiya(bitli amal) hisoblanadi. Bu amal hamma tilga kiritilgan bo’lib, “C/C++” va Java tillarida ‘^’ ko’rinishida, Pascal tilida esa ‘xor’ ko’rinishida yoziladi. Ikkita sonning XOR i quyidagicha hisoblanadi: ularni ikkilik sanoq sistemasidagi kodlari tartib bo’yicha qo’yiladi va javob faqat ikkita bitdan bittasi 1 bo’lgandagina 1 qiymat, aks holda 0 qiymat javobga olinadi. XOR amali bo’yicha ko’proq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Sizga N soni berilgan. Sizdan bu masalada 1⊗2⊗3…⊗N ni topish so’raladi, lekin bu yerda ⊗ amali 10ning moduli bo’yicha qo’shish bo’lsin. 10ning moduli bo’yicha qo’shishda sonlarning mos raqamlari qo’shilib, 10 ga bo’lgandagi qoldig’i javobga yoziladi. Masalan, 5294⊗7164=2358 (ya’ni (5+7)%10=2,(2+1)%10=3,(9+6)%10=5,(4+4)%10=8).

Kiruvchi ma’lumotlar: N natural soni. (1 ≤ N ≤ 1018)

Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta natural son, masala javobi.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

3

6

2

6

1

Tayyorladi: Yo’ldoshboy Sultonov