Category
Similar Problems
0483. Arifmetik progressiya_3
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Yaqinda TATU Urganch filiali talabalari bitta olim fikrini rivojlantirishga kirishishdi. Talabalarni qiziqtirgan fikr quyidagicha: ixtiyoriy N natural sonning 3-darajasini (N3) biror arifmetik progressiyaning ketma-ket hadlari yig’indisi ko’rinishida yozish mumkin. Filialimiz talabalari ancha zukko va topqir bo’lganlari uchun bu fikrni anchagina rivojlantirib unga qo’shimchalar qo’shishdi. Talabalar bir narsani isbotlashdiki, ixtiyoriy N natural sonini N*N*N = a1+a2+a3 . . . +an ko’rinishida yozish mumkin, bu yerda a1,a2,a3 … an sonlari N ta haddan tashkil topgan ayirmasi 2 ga teng(d = 2, ya’ni ai = ai-1 + 2) bo’lgan arifmetik progressiya hadlari. Masalan, 11*11*11 = 111+113+115+117+119+121+123+125+127+129+131.
Bu ketma-ketlik yetarlicha isbotlandi. Sizga N natural soni berilgan. Endi sizdan shu arifmetik progressiyaning eng kichik va eng katta hadlarini topish so’raladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: N natural soni. (1 ≤ N ≤ 109)
Chiquvchi ma’lumotlar: Arifmetik progressiyaning eng kichik va eng katta hadlari bitta probel bilan ajratilgan holda.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
11 |
111 131 |
Tayyorladi: Yo’ldoshboy Sultonov