Category
Similar Problems
0482. Hisoblagich
Time limit : 5000 ms
Memory limit : 128 mb
Fizik olimlarimiz yaqinda yangi turdagi raqamli hisoblagichni yaratishdi. Bu hisoblagichning afzalligi shundaki, u ko’rsatkichning raqamlari yig’indisi M ga teng bo’lganda foydalanuvchiga hisobni to’lash haqida ma’lumot bildirib signal chaladi. Hisoblagich N xonali ko’rsatkichga ega. Lekin fizik olimlarimiz hisob-kitobga uncha usta emasligi uchun ularda qiziqarli bir muammo tug’ildi. Agar yangi hisoblagich ishlab boshlagandan keyin, bir marta to’liq aylanib yana yangi holga kelishida(yana 0 ni ko’rsatishi) necha marta signal chalishi qiziqarli savol albatta. Sizdan ushbu savolga javob berish so’raladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: ikkita butun son – N va M sonlari. (1 <= N <= 1000; 0 <= M <= 9000).
E’tibor bering: hisoblagich ko’rsatgichi N xonali sonni ko’rsata oladi, ogohlantirish signali esa ko’rsatkich raqamlari yig’indisi M ga teng bo’lganda chalinadi.
Chiquvchi ma’lumotlar: masala javobini 1000000007 (109+7) ga bo’lgandagi qoldiqni chiqaring.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
2 2 |
3 |
Birinchi test uchun izoh: bu yerda javob 02,11,20.
Tayyorladi: Shavkat Aminov