Category

Similar Problems

0480. Firibgarlar

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Bilamizki, tangada ikkita tomon bor. Birinchisi gerb tomoni, ikkinchisi so’m tomoni. Ikkita qalbaki tanga ishlovchi firibgar qimorbozlar bittadan tanga yasashdi: ularning bittasining tangasi qur’a tashlanganda gerb tomoni bilan tushishi P% ehtimollik bilan, ikkinchisiniki esa Q% ehtimollik bilan tushadi. Ikkita firibgar nimagadir bahslashib qolishdi. Ularning bahsi bo’yicha, agar ikkita tangadan ixtiyoriy bittasi olinib ikki marta qur’a tashlansa ikki martada ham gerb tomon tushishi kerak. Ular shunday qilishdi ham. Birinchi qur’a tashlanganda gerb tomon tushdi. Endi ularni ikkinchi marta qur’a tashlanganda gerb tomon tushishi qiziqtiryapti. Sizdan ikkinchi qur’a tashlanganda necha foiz ehtimollikda gerb tomon tushishini hisoblash so’raladi.

Kiruvchi ma’lumotlar: P va Q butun sonlari. (0 <= P,Q <= 100, P+Q>0).

Chiquvchi ma’lumotlar: Masala javobini 10-6 aniqlikda chiqaring.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

50 50

0.500000

2

33 66

0.550000

Tayyorladi: Yo’ldoshboy Sultonov