Category

Similar Problems

0479. Elflar mamlakati

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Har yangi yilda Qorbobo butun dunyo bo’ylab sovg’a tarqatadi. Bu yili ham shu jarayon albatta bo’lib o’tadi. Qorbobo faqat sanoqli odamlarga sovg’a tarqadi, qaysi odamlar sovg’a olishini esa “Elflar mamlakati” qiroli hal qiladi. Elflar qiroli va Qorbobo matematikani juda yaxshi ko’rganligi sababli, doimo bir-biriga har xil masalalar berishadi. Bu safar Elflar qiroli Qorbobo qancha sovg’a tarqatishini masala tariqasida unga aytdi. Uning hisob-kitobi bo’yicha Qorbobodan sovg’a olishi kerak bo’lgan insonlar soni |x|+|y|<N tengsizlikining butun sonlardan iborat yechim juftliklari soniga teng ekan. Elflar qiroli Qoroboboga faqat N sonini aytdi. Lekin Qorbobo bu masala javobini topishga qiynalyapti. Qorboboga yordam bering!

Kiruvchi ma’lumotlar: N natural soni. (0 <= N <= 109)

Chiquvchi ma’lumotlar: Tengsizlikning javob juftliklar soni.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

2

5

Birinchi test uchun izoh: bu yerda javoblar{ {1;0}, {0;1}, {0;0}, {-1;0}, {0;-1}}.

Tayyorladi: Yo’ldoshboy Sultonov