Category
Similar Problems
0478. Davriy son
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Bo’sh bo’lmagan faqat “0” va “1” belgilardan tashkil topgan satr binar satr deyiladi. S satrning belgilarini 1 dan n gacha belgilaymiz, satrning i-belgisi Si ko’rinishida yoziladi. n uzunlikdagi S satr davriy deb ataladi, agarda shunday k son(1 <= k < n) mavjud bo’lib:
· k soni – n sonining bo’luvchisi bo’lsa;
· barcha 1 <= i <= n-k uchun Si = Si+k shart qanoatlantirilsa.
Masalan, “101010” va “11” binar satrlari davriy satr hisoblanadi, “10” va “10010” – davriy satr emas.
X butun sonini davriy son deyiladi, qachonki uning 2lik sanoq sistemasidagi binar satri(oldingi nollarsiz) davriy bo’lsa. Sizga L va R natural sonlari berilgan. Sizdan [L, R] oraliqdagi sonlardan nechtasi davriy sonlar ekanligini topish so’raladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: L va R natural sonlari. (1 <= L <= R <= 1018)
Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta butun son, [L, R] oraliqda davriy sonlar soni.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
1 10 |
3 |
2 |
25 38 |
2 |
Birinchi test uchun izoh: oraliqdagi davriy sonlar 3,7 va 10
Ikkinchi test uchun izoh: oraliqdagi davriy sonlar 31 va 36.
Tayyorladi: Yo’ldoshboy Sultonov