Category

Similar Problems

0474. Kataklarni bo'yash o'yini

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Yaqin do’stlar Prince va Starle bo’sh vaqtlarida har xil o’yinlarni o’ynashni yaxshi ko’radilar. Shulardan biri Kataklarni bo’yash o’yini va u mana bunday ko’rinishda o’ynaladi: Ularda N ta ketma-ket joylashgan katakchadan iborat doska bor. Har bir o’yinchi o’z navbati bilan doskadagi ixtiyoriy joydagi hali bo’yalmagan K ta ketma-ket katakni bo’yaydi. O’yinchi o’yinda o’z yurishini bajara olmasa( yani unga K ta ketma-ket bo’yalmagan katak qolmagan bo’lsa) u yutqazgan hisoblanadi. O’yinni har doimgidek Prince boshlab beradi. Sizning vazifangiz o’yinda kim g’olib bo’lishini aniqlashdan iborat.

Input

       Bitta qatorda ikkita butun sonlar N (1 ≤ N ≤ 100)va K(1 ≤ K ≤ N ) beriladi.

Output

       O’yinda Prince g’olib bo’lsa “Prince wins” yozuvini, aks holda “Starle wins” yozuvini chiqaring. Shuni yodda tutingki Starle va Prince bu o’yinni ustalari hisoblanadi. Shuning uchun ular o’zlarining har bir yurishida o’zlari uchun eng yaxshi strategiya(optimal yurish) tanlaydilar.

Samples

Input

Output

1

5 2

Starle wins

2

5 3

Prince wins

3

5 1

Prince wins

 

Tayyorladi: Kutliboyev Temurbek

Manba: Syrian collegiate programming contest 2014