Category

Similar Problems

0472. Krestlar va Nollar

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Yaqin do’stlar Prince va Starle bo’sh vaqtlarida har xil o’yinlarni o’ynashni yaxshi ko’radilar. Shulardan biri Krestlar va nollar o’yinidir. O’yin 3×3 doskada bo’lib o’tadi, Tomonlarning har biri o’z navbati bilan doskaning bir bo’lagiga o’z belgisi(Prince krest , Starle nol) ni qo’yadi. O’yin qoidasi bo’yicha o’yinni birinchi bo’lib krestlar boshlaydi va birinchi bo’lib doskadagi bitta qatorni vertikaliga, gorizantaliga yoki diognaliga o’z belgisi bilan to’ldirgan o’yinchi o’yinni yutgan hisoblanadi. Mana bugun ham ular shu o’yinni o’ynayotganida ularning do’sti N0d1r kelib qoldi. N0d1r qarasa tomonlarning har biri o’zlarining 3 ta yurishini amalga oshirib bo’libdi vayana ikkalasi uchun umumiy bo’lgan 3 ta yurish qolgan ekan. N0d1r bu o’yinni yaxshi bilganligi sababli o’yin natijasini oldindan aytib bermoqchi. Unga ushbu masalani yechishda yordam bering.

 

Input

        X , O (katta lotin harflari) va # bilan to’ldirilgan 3×3 lik jadval beriladi.Bu yerda X krestlarni (Princening qo’ygan belgilarni), O nollarni (Starle qo’ygan belgilarni) va # hali bo’sh bo’lgan joylarni bildiradi. Jadvalda aniq 3tadan krest va nol bo’ladi. O’yin hali tugamaganligi ham kafolatlanadi.     

 

Output

Agar o’yinda Prince g’olib bo’lsa “Prince win” yozuvini, Starle g’olib bo’lsa “Starle win” yozuvini, durang qayd etilsa “Draw” yozuvini chiqaring. Shuni yodda tutingki Starle va Prince bu o’yinni ustalari hisoblanadi. Shuning uchun ular o’zlarining har bir yurishida o’zlari uchun eng yaxshi strategiya(optimal yurish) tanlaydilar. 

 

Samples

Input

Output

1

XXO

#X#

#OO

Starle win

2

O#O

#X#

XOX

Draw

3

##O

#XO

XOX

 

Prince win

 

 

Tayyorladi: Kutliboyev Temurbek

Manba: acm.timus.ru