Category
Similar Problems
0471. Piyodalar o'yini
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Yaqin do’stlar Prince va Starle bo’sh vaqtlarida har xil o’yinlarni o’ynashni yaxshi ko’radilar. Shulardan biri Piyodalar o’yini va u mana bunday ko’rinishda o’ynaladi: Quyidagi 3×3 ko’rinishdagi shaxmat doskasida oq va qora piyodalar joylashgan:
Piyodalar oddiy shaxmat qonun qoidalari asosida yurishni amalga oshiradi va yana hujum ostida turgan qarshi piyodani olib tashlashga majburdir. O’yinda kim keyingi yurishni amalga oshira olamasa u yutqazgan hisoblanadi. O’yinni shaxmatdagi kabi oq piyodalar o’z yurishi bilan boshlab beradi. Bu o’yinni ancha vaqtdan beri Prince oq rangli piyodalarda o’ynaydi va har doim g’olib bo’ladi. Kunlarning birida bu o’yin Starlening joniga tegdi va u 3×5 doska keltirdi. Lekin baribir qora rangli piyodalarda o’ynab yana yutqazib qo’ydi. Shunda u keyingi safargi o’yinga 3×N doska olib kelishga qaror qildi.
Ana endi Prince yutish uchun qaysi rangli piyodalarda o’ynash kerakliligi haqida o’ylab qoldi.Siz unga mana shu masalani yechishda yordam bering.
Kiruvchi ma’lumotlar: Bitta butun son(1<= N <=109).
Chiquvchi ma’lumotlar: Agar oq rangli piyodalar o’yinda g’olib bo’lsa “White” aks holda “Black” yozuvini chiqaring. Shuni yodda tutingki, Starle va Prince bu o’yinni ustalari hisoblanadi. Shuning uchun ular o’zlarining har bir yurishida o’zlari uchun eng yaxshi strategiya(optimal yurish) tanlaydilar.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
3 |
White |
2 |
4 |
Black |
3 |
5 |
White |
Tayyorladi: Kutliboyev Temurbek
Manba: acm.timus.ru