Category
Similar Problems
0470. Azkabandan qochish
Time limit : 3000 ms
Memory limit : 64 mb
Afsungar Sirius afsungar Garri Potter yordamida Azkaban qamoqxonasidan qochmoqchi. Garri Siriusga cheklangan miqdorda yordam bera oladi xolos. Qamoqxona N bo’limdan iborat bo’lib, N – chi bo’limda chiqish yo’li bor. Sirius hozir 0 – chi bo’limda. Garrining afsuni yordamida Sirius turgan bo’limidan g’oyib bo’lib, bo’limdan K uzoqlikdagi bo’limlardan birida paydo bo’la oladi. Garri bir chetda bitta afsun yordamida Siriusni u turgan bo’limdan K uzoqliqgacha bo’lgan bo’limlardan birida bo’lishini ta’min-laydi(Faqat o’zi turgan bo’limdan chiqish yo’li tomon K uzoqlikgacha, Sirius turgan bo’limida yana qaytadan bo’lishi yoki orqaga tomon o’tishi mumkin emas). Har bir bo’limda qo’riqchilar bo’lib, ular Siriusning sog’li-giga ai ta’sir o’tkazadi. Sirius ayrim qo’riqchilar bilan yaxshi munosabatda bo’lgani uchun ular unga musbat ta’sir ko’rsatadi,ya’ni ular uni davolashadi. Qolgan qo’riqchilar esa unga manfiy ta’sir o’tkazadi. Siz Garriga shunday yordam beringki, Sirius qamoqxonaning N – chi bo’limiga borganda uning sog’ligi eng katta bo’lsin. Sizdan Sirius N – chi bo’limga borgandagi sog’ligi so’raladi. |
||||||||||||
Kiruvchi ma’lumotlar: birinchi qatorda N va K natural sonlari(1 <= N <= 106, 1<=K<=N). Keyingi N ta qatorda ai soni(-109<= ai <=109), i – bo’lim-dagi qo’riqchining Siriusga ta’siri. Izoh : Berilgan sonlar [1;N] bo’limdagi qo’riqchilar ta’siri, Sirius esa 0 – chi bo’limda turibdi. Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta butun son, masala javobi. |
||||||||||||
|
1 – test uchun javob: Sirius 1,2,3,4,5 bo’limlardan o’tdi
2 – test uchun javob: Sirius 1,4,7,8,9,10 bo’limlardan o’tdi
3 – test uchun javob: Sirius 1,4,7 bo’limlardan o’tgan.