Category
Similar Problems
0381. Shrek
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Shrek dehqonchilikni yaxshi ko’radi. U yaqinda umr yo’ldoshi Fiona, mushuk va eshak bilan birgalikda o’ziga yangi bir yerni o’zlashtirib, bog’ qilmoqchi bo’ldi. Dastlab Shrek bog’ning arxitektura rejasini tuzib chiqdi. Bu rejaga asosan, bog’ N tomonli ko’pburchak ko’rinishida bo’ladi va uning uchlari (x1,y1), (x2,y2),…, (xN,yN) nuqtalarda yotadi. Shrek o’z bog’i chegarasini |(x1,y1), (x2,y2)| ga kesma tortib, |(x2,y2), (x3,y3)| ga kesma tortib(va hokazo) belgilab oldi. Shrek o’z ishiga puxta bo’lganligi sababli bog’ tevaragini mustahkam o’rab olmoqchi. Buning uchun u, bog’ning arxitekturadagi rejasini koordinatalar sistemasiga qo’yganda, bog’ning chegaralaridan butun sonly nuqtalarga to’siq qo’yadi va bog’ cheti bo’ylab to’r tortmoqchi. Lekin bog’ maydoni katta bo’lganligi sababli Shrek ham, eshak ham, mushuk ham, Fiona ham nechta to’siq kerakligini hisoblab chiqa olishmadi. Siz ularga yordam beradigan shunday dastur tuzingki, bog’ chetlaridagi butun sonly nuqtalar soni(nechta to’siq kerakligi) hisoblansin.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda N natural soni (0 ≤ N ≤ 106). Keyingi har bir N ta satrda ikkitadan son – xi,yi sonlari, bog’ rejasidagi shaklning uchlari koordinatalari. Bog’ tomonlarining ixtiyoriy ikkitasi bir to’g’ri chiziqda yotmasligi kafolatlanadi.
Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta butun son – bog’ qurilishida kerak bo’ladigan to’siqlar soni.
№ |
Kiruvchi ma’lumotlar |
Chiquvchi ma’lumotlar |
1 |
3 0 0 1 1 1 0 |
3 |
|
|
|
2 |
5 1 0 1 3 5 5 5 1 3 2 |
12 |