Category
Similar Problems
0380. Kung-fu panda
Time limit : 200 ms
Memory limit : 64 mb
To’satdan ajdar jangchisi bo’lib qolgan Panda Po ustoz Shifuga shogirdlikka tushib har kuni mashq qila boshladi. Po ko’plab mashqlarni bajardi va oxirida bitta qiyin bir mashqqa navbat yetib kelganda ustoz Shifuni qiziq bir savol o’ylantirdi. Mashq bo’lib o’tadigan maydon har bir metrdan belgilangan chiziqlarga ega bo’lib, Panda o’ziga og’ir yukni ko’targan holda biror masofadagi yo’lni bosib o’tib mashq qiladi mashq qiladi. Panda asta sekinlik bilan o’z san’atini oshirib bordi va 1 soat vaqtda quyidagi quyidagi ketma-ketlikdagi natijalarga erisha bordi: 0-kuni(ajdar jangchisi bo’lmasdan oldin) – 1 metr, 1-kuni – 2 metr, 2-kuni – 5 metr, 3-kuni – 11 metr, 4-kuni – 21-metr, 5-kuni – 36 metr va hokazo.
Mashq $N$ kun davomida bo’lib o’tadi. Ustoz Shifu Poning shu $N$ kun vaqt ichida 1 soatda qancha yo’lni bosib o’tishi mumkinligini hisoblab chiqmoqchi bo’ldi, ammo buni uddasidan u chiqa olmadi. Siz ustoz Shifu qiziqqan savolga javob berishingiz va Pandaning $N$ kundan keyin 1 soat ichida qancha masofani zabt qila olishi mumkinligini hisoblovchi dastur tuzishingiz kerak bo’ladi.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda $N$ natural soni $(0 \le N \le 10^6)$.
Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta butun son – masala javobi.
Input |
---|
0 |
Output |
1 |
Input |
---|
1 |
Output |
2 |
Input |
---|
2 |
Output |
5 |
Input |
---|
3 |
Output |
11 |