Category

Similar Problems

0378. Monsters University

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

         Mayk va Jeyms juda yaqin do’stlar. Ular hozirda monstrlar universitetida o’qishadi. Mayk universitetdan tashqarida juda ko’p pul sarflagani sababli hamma do’kondan qarz bo’lib yuradi. Shaharda N ta do’kon bor. Mayk har bitta do’kon egalari bilan aloqalari yaxshiligi sababli N ta do’konning barchasidan qarzlari yoki oladigan pullarini doimo bir varaq qog’ozga yozib boradi. Mayk qog’ozda har bitta do’konni 1 dan N gacha bo’lgan raqamlar orqali ifodalagan va 1 – do’kondan qarzi a1, 2 – do’kondan qarzi a2 va hokazo. Har bitta do’kon uchun ai soni musbat bo’lsa, Maykning shu do’kondan ai miqdorda oladigan puli bor, agar ai soni manfiy bo’lganda esa shu miqdorda qarzi bor hisoblanadi, aks holda uning bu do’kon bilan aloqasi yo’q. Jeyms universitetda matematikadan olimpiadaga qatnashadi va shu sababdan hisob-kitob Jeymsning jonu dili. Bir kun Jeyms Maykning qarz qog’ozini olib, undagi sonlardan quyidagicha massiv yasadi: s1=a1, s2=a1+a2, … , sn=a1+a2+…an. Shundan bir necha kun o’tib Mayk qarzlari yozilgan qog’ozni yo’qotib qo’ydi. Jeyms Maykning qog’ozi yo’qolganligini bilib unga yordam bermoqchi. Jeyms matematikadan juda kuchliligi sabab bu unga unchalik qiyinchilik tug’dirmadi. Mayk Jeymsning ishidan juda xursand bo’ldi, ammo Jeyms bu sonlarni aniq aytganini sinash uchun unga bitta savol berdi. Maykning aytishicha uning qarzlari yozilgan qog’ozdagi sonlar ichida uning oladigan puli(ya’ni, ai musbat) eng ko’p pul X ga, beradigan pullaridan(ya’ni, ai manfiy) eng ko’p pul esa Y ga teng ekan. Jeyms bu savolga javob bera olmadi. Siz Jeymsga yordam beradigan shunday dastur tuzingki, Jeymsning hosil qilgan massivi yordamida Maykning savoliga javob berilsin va X, Y sonlari aniqlansin. Jeymsga yordam bering.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda N natural soni (1 ≤ N  ≤ 1000000). Keyingi satrda esa N ta butun son – si , Jeyms hosil qilgan massiv elementlari. Har bitta element modul jihatdan 109 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma’lumotlar: ikkitta X, Y butun sonlari – masala javobi. Agarda X yoki Y sonlariga mos sonlar uchramasa, shu son o’rniga -1 sonini chiqaring.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

4

1 6 3 10

7 3

 

Tayyorladi: Yo'ldoshboy Sultonov