Category

Similar Problems

0374. Minion va to'plamlar kesishmasi

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Minionlarni yomon ko’radigan El Macho yaqinda yangi turdagi minionga o’xshash mutant yasadi. U dastlab minionlarni tutib, ularni mutant minionlarga aylantirardi. Keyinchalik hamma minionlarni tuta olmagan El Macho qolgan minionlarning klonlarini, ya’ni o’xshash mutant variantini yarata boshladi va Gryuning N ta minioni bilan bir xil mutant minionlarga ega bo’ldi. Ammo, klon minionni faqat uning genidagi DNK lar soni bilan farqlash mumkin. Gryuning N ta minion bor va ular xar xil DNK sonlariga ega(ya’ni, bitta miniondagi DNK soni boshqa minionda uchramaydi). El Macho yaratgan klon minionlarning ham DNK sonlari har xil va ular Gryu minionlari DNKlar soni bilan mos kelmaydi(ya’ni, bir klon miniondagi DNK soni boshqa Gryu minionlari va klon minionlarda uchramaydi). El Macho Gryu minionlarini uzining mutant minion qilganida DNK lar soni o’zgarmasdan qoladi va mutant minionga aylangan minionni Gryunikiligini farqlash mumkin. Sizga N soni va N ta Gryu va El Macho minionlari DNK lari soni beriladi(N ta Gryu minionlarining dastlabki holati va El Macho N ta minion yasaganidan keying El Macho minionlarining DNKlari). Siz El Macho Gryuning qancha minionini o’zining mutant minioniga aylantirganini topishingiz so’raladi.

Kiruvchi ma’lumotlar: Bitta butun son – N soni(0 <= N <= 105). Keyingi ikkita qatorda mos ravishda dastlab N ta Gryuning minionlarining, keyin El Macho mutantlarining DNK sonlari beriladi. Har bir DNK soni musbat va 109 dan oshmasligi, har bir qatordagi sonlar bittadan bo’lishi kafolatlanadi.

Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta butun son – masala javobi.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

3

1 3 2

5 1 3

2

2

1

10

11

0