Category

Similar Problems

0373. Minion va bananlar

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

            N ta minion banan terish uchun o’rmonga ketishdi. U yerda minionlar X ta banan terishdi. Minionlar bananlarni terib bo’lgach kech bo’lganini bilishib, o’rmonda tunab qolishga kelishishdi. Ertalab minionlar bitta bittadan uyg’onishib, har safar bananlarni N qismga ajratib o’zining ulushini olib ketishdi, bunda har safar K ta banan ortiqcha chiqib, har bir minion K ta ortib qolgan bananni minionlar orasida urush chiqmasligi uchun o’zi yeb qo’ydi. Sizning vazifangiz N va K sonlarini bilgan holda, minionlar terishi mumkin bo’lgan bananlar soni – X ni minimum qiymatini topishingiz kerak.

Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda N va K natural sonlari (2 ≤ N  ≤ 8, 0 < K < N).

Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta X butun soni – minionlar terishi mumkin bo’lgan minimum bananlar soni.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

3 1

25

2

4 3

247

 

1-test uchun izoh:    1 – minion 25 ta bananni 3 ga bo’ladi, bunda 1 tasi ortiq qoladi, uzining 8 ta bananini olib ketadi, umumiy 16ta banan qoldi.

                                   2 – minion 16 ta bananni 3 ga bo’ladi, bunda 1 tasi ortib qoladi, uzining 5 ta bananini olib ketadi, umumiy 10 ta banan qoldi.

                                   3 – minion 10 ta bananni 3 ga bo’ladi, bunda 1 tasi ortib qoladi, uzining 3 ta bananini olib ketadi.