Category

Similar Problems

0292. Maksimal yig’indi_2

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Sizga bir o’lchamli sonli massiv berilgan. Massiv elementlari soni $n$. Sizning vazifangiz undan elementlari qiymatlari yi’gindisi eng katta bo’lgan qism massivni topish. Qism massiv deb massivning biror $(i..j)(i=1..n, j=i..n)$ uzluksiz indekslaridagi elementlardan tuzilgan massivga aytiladi. Aynan shu maksimal yig’indini toping.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda bitta butun son $n$ massiv elementlari soni berilgan $(1 \le n \le 10^5)$. Ikkinchi qatorda $n$ ta butun son massiv elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari modul jihatdan $10^6$ dan oshmaydi.


Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta sonni masalaning javobini chiqaring.

Input
8
-5 6 -5 1 4 -8 6 0
Output
6
Input
5
-1 -1 -1 -10 -1
Output
-1