Category

Similar Problems

0270. Talaba

Time limit : 2000 ms
Memory limit : 64 mb

TATU Urganch filialining bir talabasi stpendiyaga $X$ so’m oldi. Endi unga bitta daftar va bitta ruchka sotib olmoqchi. U do’konga bordi. Do’konda $n$ ta har xil daftar va $m$ ta har xil ruchka bor(lekin ularning narxlari bir xil bo’lishi mumkin). Talabaning maqsadi barcha pulini sarflab bitta daftar va bitta ruchka sotib olish. Lekin qanday qilib tanlash kerak. Shuning uchun u unda nechta har xil imkoniyat borligini hisoblab chiqmoqchi bo’ldi. Lekin uddasidan chiqa olmadi. Dasturchi sifatida unga yordam bering. Sizning vazifangiz unda nechta (daftar, ruchka) juftligini tanlash imkoniyati borligi xisoblash. Agar hech qancha imkoniyat bo’lmasa $0$ chiqaring. Boshqacha aytganda shunday $(i,j)(i=1..n, j=1..m)$ jufliklarning sonini topingki, $a[i]+b[j]=X$ bo’lsin.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda bitta butun $n$ daftarlarning soni, ikkinchi qatorda $n$ ta butun son daftarlar narxlari bitta probel bilan ajratib berilgan $(1 \le n \le 10^5)$. Uchunchi qatorda bitta butun son $m$ ruchkalarning soni $(1 \le m \le 10^5)$, to’rtinchi qatorda $m$ ta butun son ruchkalar narxlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Beshinchi qatorda $X$ butun soni talabadagi pul miqdori berilgan. Daftarlar va ruchkalar narxi va $X$ soni qiymati $1$ dan $10^9$ gacha bo’lishi mumkin.


Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta sonni masalaning javobini chiqaring.

Input
4
5 2 5 3
3
5 1 8
10
Output
3
Input
1
5
1
4
10
Output
0