Category

Similar Problems

0265. Binar qidiruv_2

Time limit : 2000 ms
Memory limit : 64 mb

Bir o’lchamli sonli massiv berilgan. Massiv elementlari kamaymaslik tartibida berilgan. Keyin $m$ ta son beriladi. Sizning vazifangiz har bir element berilgan massivda necha marta qatnashganligin topish. Agar so’rovda berilgan son umuman qatnashmagan bo’lsa so’rovga javob $0$ deb olinadi. Sizning vazifangiz barcha so’rovlarga javoblar yig’indisini topish.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda bitta butun $n$ soni massiv elementlari soni berilgan $(1 \le n \le 10^5)$. Ikkinchi qatorda $n$ ta son massiv elementlari kamaymaslik tartibda bitta probel bilan ajratib berilgan. Uchinchi qatorda butun $m$ so’rovlar soni berilgan $(1\le m \le 10^5)$. Keyingi $m$ ta qatorda har birida bittadan son izlanayotgan son berilgan. Massiv elementlari va izlanayotgan sonlar butun va modul jihatdan $10^9$ dan oshmaydi.


Chiquvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda bitta sonni so’ralgan sonlardan nechtasi berilgan massivda uchrashini chiqaring.

Input
10
-3 -3 -3 -3 4 4 4 6 6 20
4
4
-3
7
6
Output
9