Category

Similar Problems

0228. Fizika laboratoriyasi

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Fizika laboratoriyasida quyidagicha tajriba o’tkazildi: $m1$ $kg$ massali, $t1$ temperaturali suv va $m2$ $kg$ massali $t2$ temperaturali muz bo’lagi bor. Ularni kalorimetrga solamiz va issiqlik almashinuvi tugaguncha kutamiz. Natijada issiqlik balansi o’rnatilgach qandaydir temperatura qaror topadi. Sizning vazifangiz mana shu temperaturani topishdan iborat. Issiqlikning atrof muhit va kalorimetrdagi isrofini hisobga olmang. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi $4200$ $\frac{J}{kg \cdot K}$, muzning solishtirma issiqlik sig’imi $2100$ $\frac{J}{kg \cdot K}$, muzning solishtirma erish issiqligi $330000$ $\frac{J}{K}$ deb xisoblang.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda to’rtta haqiqiy sonlar $m1, t1, m2, t2$ sonlari probel bilan ajratilib berilgan$(0 < m1,m2 \le 1000, 0 \le t1 \le 100, -273 \le t2 \le 0)$


Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta haqiqiy sonni natijaviy temperaturani $10^{-4}$ aniqlikda chiqaring.

Input
1.1 50 0.2 -5
Output
29.8352
Input
1.23 10 20 -40
Output
-27.4194
Input
4.25 20 5 -10
Output
0.0000