Category
Similar Problems
0225. Chivin konus ichida
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Asosining markazi koordinata boshida va o’qi z o’qining musbat yo’nalishi bo’ylab yo’nalgan fazoviy konus berilgan. Uning ichida chivin joylashgan. Chivin joylashgan nuqta koordinatalari $x, y, z$ Konus asosining radiyusi $r$ balandligi $h$ Chivin konusni tark etmoqchi. U konus sirtigacha yetib olishi kerak. Buning uchun unda ikki yo’l bor: Birinchisi konus yon sirtiga qarab harakatlanish, ikkinchisi konus asosiga tamon harakatlanish. Maqsad iloji boricha kamroq masofa bosib o’tish. Sizning vazifangiz mana shu eng qisqa masofani topuvchi dastur tuzish.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda 5 ta butun son $x, y, z, r, h$ sonlari bitta probel bilan ajratilib berilgan$(1 \le r,h \le 500, -500 \le x,y \le 500, 0 \le z \le 500)$ $(x, y, z)$ nuqta konus ichida yotishi kafolatlanadi.
Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta haqiqiy son so’ralgan qiymatni $10^{-4}$ aniqlikda chiqaring.
Input |
---|
20 -20 10 50 60 |
Output |
10.0000 |
Input |
---|
20 -20 15 50 60 |
Output |
7.0797 |