Category

Similar Problems

0196. Havfli zona-2

Time limit : 2000 ms
Memory limit : 64 mb

Yo’ldosh bilan Shavkat o’rtasidagi kurash davom etmoqda. Kurash maydoni endi dekart koordinatalar sistemasiga ko’chdi. Yo’ldosh $A$ nuqtada turibdi, u $B$ nuqtaga bormoqhi. Lekin maydonda qavariq ko’pburchak shaklidagi Shavkatning hududi bor. Bu hududdan o’tish Yo’ldosh uchun juda havfli. Yo’ldosh $B$ nuqtaga iloji boricha tezroq borishni va bunda Shavkatning hududiga qadam bosmaslikni hohlaydi. Bu eng qisqa yo’lni topishda unga yordam bering.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda $n$ butun soni ko’pburchak uchlari soni berilgan($1 \le n \le 10^5$). Keyingi $n$ ta qatorda ko’pburchak uchlari koordinatalari $x[i]$ va $y[i]$ lar beriladi. Oxirgi qatorda $A$ nuqtaning $x[a]$,$y[a]$ va $B$ nuqtaning $x[b],y[b]$ koordinatalari bitta probel bilan ajratilgan holda berilgan. Barcha koordinatalar butun va modul jihatidan $10^9$ dan oshmaydi. Ko’pburchak qavariq va koordinatalari soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda berilgan. $A$ va $B$ nuqtalar ko’pburchakga tegishli emas.


Chiquvchi ma’lumotlar: Eng qisqa masofani $10^{-3}$ aniqlikda chiqaring.

Input
3
0 0
1 0
1 1
0 -1 1 2
Output
3.236
Input
3
0 0
1 0
1 1
0 -1 -1 -1
Output
1.000