Category

Similar Problems

0194. Ajdaho nomasi

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Panda Shifuning ko’plab sinovlaridan yaxshi baholanib o’tgandan so’ng, Shifu Pandaga $\text{Ajdaho nomasi}$ ni topshirishga qaror qildi. Panda Po bu nomani qo’liga olgach uning ustidagi mantiqiy masalani ko’rib qoldi. Ya’ni Po nomani o’qiy olishi uchun bu masalaga javob topishi kerak edi. Masala quyidagicha: shunday $a$ raqami va $n$ soni berilgan Po quyidagi summani hisoblashi zarur.


$$S = \overline{a} + \overline{aa} + \overline{aaa} + ... + \underbrace{\overline{aa...aaa}}_{n} $$

$$\displaystyle\sum_{i=1}^{n}\displaystyle\sum_{j=1}^{i}(10^{j - 1}\times a)$$


Po bu summani hisoblab topdi va $\text{Ajdaho nomasi}$ ni sirini bilib oldi. Sizdan esa $S$ sonini raqamlari kvadratlarini yig’indisini hisoblab topuvchi dastur tuzish so’raladi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Bitta satrda $n$ va $a$ sonlari ($1 \le n \le 10^6 , 1 \le a \le 9$).


Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona satrda bitta natural son masalaning javobi.

Input
5 7
Output
142
Input
20 1
Output
443