Category

Similar Problems

0193. Pandaning qahramonligi

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Panda Shifuning ko’plab sinovlaridan yaxshi baholanib o’tgandan so’ng, Shifu Pandaga yana bitta qiyin vazifani ishonib topshirdi. Topshiriqga ko’ra Po xavfli hududda qolgan quyonlarni qutqarishi kerak edi. Bu hududda $N$ ta qishloq bo’lib, bu qishloqlar 1 dan $N$ gacha bo’lgan tartibda raqamlangan. Har bir i- qishloqda $a[i]$ ta aholi yashaydi . Bu hududda qishloqlarni bog’laydigan $M$ ta yo’l mavjud.Po hozir $X$ – qishloqda turibdi va shu qishloqdagi quyonlarni $Y$ – qishloqqa olib o’tishi zarur. Lekin bu mamlakatda g’alati bir odat bor. Ya’ni har bir qishloq aholisi o’zlarini himoya qilish maqsadida o’z qishloqlariga shunday $k$ sondagi quyonni kiritishadiki agar $k = EKUB(s,d)$ (Bu yerda $s$ - ko’rilayotgan qishloqdagi aholi soni, $d$ – Panda olib kelgan quyonlar soni). Shuning uchun Po noiloj bir nechta quyonni tashlab ketishiga to’g’ri kelishi mumkin.Po iloji boricha $Y$ – qishloqqa maksimal sondagi quyonlarni olib borishi lozim. Sizdan $Y$ – qishloqqa yetib borgan quyonlarning maksimal sonini hisoblovchi dastur tuzish talab etiladi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda $N$ va $M$, qishloqlar va yo’llar soni beriladi ($1 \le N \le 5000, 1 \le M \le 10000$). Keyingi satrda $N$ ta natural son $a[i]$, $i$ - qishloqdagi quyonlar soni ($1 \le a[i] \le 10^6$).Keyingi $M$ ta satrda 2 tadan son $v_1$ va $v_2$, bir biri bilan bog’langan qishloqlarning tartib raqamlari($1 \le v_1,v_2 \le N$). Oxirgi qatorda $X$ va $Y$ sonlari beriladi.


Chiquvchi ma’lumotlar: Yagona satrda bitta natural son $Y$ – qishloqqa yetib borgan quyonlar soni.

Input
4 5
10 25 8 4
1 2
1 3
2 3
2 4
3 4
1 4
Output
2