Category
Similar Problems
0192. Ustoz-shogird tushlikda
Time limit : 2000 ms
Memory limit : 64 mb
Panda Shifuning ko’plab sinovlaridan yaxshi baholanib o’tgandan so’ng, Shifu Pandani ovqatlanish paytida ham sinovdan o’tkazishga qaror qilibdi.
Shifu Panda Po ga yaqinda bitta masala bergandi, Panda esa uni yecha olmagan. Masala quyidagicha: Shifu Pandaga bitta son – $T$ sonini aytadi, Panda esa undan katta bo’lgan birinchi polindrom soni – $S$ ni topishi kerak edi. Ustoz Shifu va Panda Po tushlik stoli atrofida o’tirgan paytda Shifuning yodiga shu masala tushdi va Pandani tushlik paytida ham tinch qo’ymaslikka qaror qildi. Savolni osonlashtirish maqsadida Shifu biror $X$ sonini aytadi va Panda oldingi masalada hisoblanishi zarur bo’lgan $S$ sonining $X$-pozitsiyasida turgan raqamni aytishi kerak edi. Panda esa har bir to’g’ri javob uchun bitta mantiga ega bo’ladi. Lekin Panda javoblarining hammasi ham to’g’ri bo’lmadi. Bu masalada sizning vazifangiz Panda yegan mantilar soni $N$ va Pandaning to’g’ri javob qaytargan so’rovlari beriladi, siz xuddi Panda kabi javob berishingiz kerak.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda T soni beriladi ($1\le T \le 10^{10^6}$)Keyingi satrda $N$ natural soni, keying $N$ ta satrda esa Shifu bergan so’rovlar uchun $x[i]$ sonlari beriladi. ($N \le 1000, 1 \le x[i] \le L(T)$). Bu yerda $L(T)$ – $T$ sonining uzunligini bildiradi.
Chiquvchi ma’lumotlar: Har bitta so’rov uchun alohida satrda javob – $x[i] $pozitsiyada turgan raqam chiqarilsin.
Input |
---|
808 3 1 2 3 |
Output |
8 1 8 |
Input |
---|
2178 2 2 3 |
Output |
2 2 |