Category

Similar Problems

0191. Shifudan sovg'a

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Panda Shifuning biroz sinovlaridan yaxshi baholanib o’tgandan so’ng, Shifu Pandani shogirdlikka olib, ular juda ahil ustoz-shogirdga aylanishibdi.


Shifu yaqinda ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Panda Po unga sovg’a berishini bilib, Shifu ham Po ga sovg’a bermoqchi bo’libdi. Panda Po ovqat ko’p yegani bois, Shifu unga katta bir idish sovg’a qilmoqchi. Idish kesik konus shaklida bo’lib, uning pastki asosining diametri $D$ ga, va uning yon tomoni(yasovchisi) uzunligi $L$ ga teng bo’lishi kerak edi. Shifu idishga iloji boricha ko’proq ovqat sig’ishi uchun idishni eng katta hajmda qilishni hohlaydi. Sizdan Shifu qanday eng katta hajmli idish yasay olishi mumkinligini va shu idish hajmini chop etuvchi dastur tuzish so’raladi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda $L$ va $D$ sonlari beriladi ($1\le L,D \le 1000$).


Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta son, masala javobi. Uni $10^{-6}$ aniqlikda chiqaring.

Input
1 1
Output
1.714116