Category

Similar Problems

0189. Shifu masalasi

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Panda Shifuning biroz sinovlaridan yaxshi baholanib o’tgandan so’ng, Shifu Pandani dasturlash bo’yicha ham sinab ko’rmoqchi bo’libdi, nega deganda Shifuning fikricha Ajdar Jangchisi uchun 700 hunar ham oz ekan.


Shifu Pandaga 10lik sanoq sistemasidagi $N$ va $K$ sonlarini aytdi. Panda $N$ sonini nechta sanoq sistemasida yozganda $K$ raqami bilan tugashini hisoblovchi dastur tuzishi kerak edi. Agarda bunday sanoq sistemalaridan cheksiz bo’lsa, Panda tuzgan dasturi $-1$ sonini chiqarishi kerak. Panda bu masalani osongina yecha oldi. Siz Pandaga berilgan topshiriqni bajara olasizmi?


Kiruvchi ma’lumotlar: Yagona satrda $N$ soni va $K$ raqami beriladi $(1 \le N \le 1000000, 0 \le K \le 9)$


Chiquvchi ma’lumotlar: Bitta son, masala javobi.

Input
3 1
Output
1