Category

Similar Problems

0185. Nindzya xujumi

Time limit : 3000 ms
Memory limit : 64 mb

Katta qasr poltaxtasi $(2N-1)(2N-1)$ kvadratlardan tashkil topgan zaldan iborat bo’lib, undagi $(2N-1)$ ta qatorlar 1 dan $(2N-1)$ gacha, ustunlar ham 1 dan $(2N-1)$ gacha raqamlangan. Misol uchun $N = 4$ holatni ko’rishingiz mumkin.



Bunda har bir kvadrat chorrahadagi katta raqamlangan qator va raqamlangan ustunlarning har bir kvadrati yog’ochli ustunlar bilan qoplangan(berkitilgan). Boshqa qolgan kvadratlar bo’m bo’sh, shu sababli devorlar va yog’och yordamchi ustunlar orasida chapdan o’ngga va orqadan oldinga qarab zal bo’ylab N ta yo’laklar bor. Orqadan oldinga yo’lak oxirida to’siqlar va ochiq eshiklar bor(rasmda tepadagi toq sonlar eshiklar, juftlari to’siqlar).

Zal K ta qo’riqchi bilan qo’riqlanadi. Har bir qo’riqchi oldindan orqaga va chapdan o’ngga yo’laklar kesishmasida joylashtirilgan bo’lib, qo’riqchi har 4 soniya zalning chap tomoni, 4 soniya zalning orqa tarafiga, 4 soniya o’ng tomoniga va 4 soniya orqa tomoniga yo’nalishda qaraydi va buni noaniq muddatga takrorlaydi. Ammo bu bosqich qo’riqchilarga muhim emas: masalan, ba’zi qo’riqchilar boshqa qo’riqchilar kuzatuvni oldi tomondan boshlasa, boshqasi chap tomondan boshlashi mumkin.


Nindzya ularni ko’rmay va boshqa nindzyalarni kutmay turib zal bo’ylab harakatlanishi shart. Dastlab nindzya zalga kirmasdan devor ortida kirish eshigida 0-qatorda turadi(ya’ni zalning pastki qismida), qaysi to’siqda turishi va qancha muddatga turishini uning o’zi belgilaydi. Nindzya chiqish eshigi sifatida orqa devordagi ixtiyoriy eshikni tanlashi mumkin. Nindzya bir kvadratdan 2-kvadratga o’tishi uchun 2 sekund vaqt sarf qiladi, yurish davomida Nindzya joriy kvadratlarning birida sezilib hohlagan bir qo’riqchi tomonidan ko’rib qolinishi mumkin.


Nindzya zalda muvaffaqiyatli harakatlana oladimi? Shuni ham aytib o’tish kerakki, qo’riqchilar bir-birini to’siqlar orasida ham ko’rishi mumkin, bitta qo’riqchi nindzyani ko’rishi bilan barcha qo’riqchilarga habar beradi.


1-rasmda nindzyaning to’g’ri yo’l topgani va muvaffaqiyatli chiqish eshigidan chiqib ketgani ko’rsatilgan. 8 sekunddan keyin 5-qator 1-ustundagi qo’riqchi yuzini chapga buradi va nindzya to’siqlar orqali qadam tashlaydi. 10 sekunddan keyin nindzya 1-qator 1-ustunga yetib keladi. 12 sekundda nindzya 2-qator 1-ustunga o’tib oladi. Nindzya 3-qatorning 5-ustinda turgan qo’riqchi yuzi orqa tarafga burilishini yashirinib kutib turadi. Keyin esa 3-ustun bo’yicha o’z yo’nalishini yakunlaydi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda testlar soni $T$ beriladi ($1 \le T \le 50$). Har bir test quyidagilardan iborat bo’ladi: Birinchi qatorda ikkita $N$(yo’laklar soni) va $K$(qo’riqchilar soni) sonlari beriladi($1 \le N \le 250, 0 \le K \le 500$). Keyingi $K$ ta satrda ikkita toq son – $r$(qo’riqchi turgan qator) va $c$(qo’riqchi turgan ustun) sonlari va $L, B, R$ yoki $F$ harflaridan biri bitta probel bilan ajratilgan holda beriladi($1 \le r, c \le 2N-1$). Kiritilgan $L, B, R$ yoki $F$ belgilar o’zaro ravishda qo’riqchining chap, orqa, o’ng yoki oldi taraflarga qarab turganini bildiradi.


Chiquvchi ma’lumotlar: Har bir test uchun bitta qatorda $succeeds$(agarda nindzya muvaffaqiyatli chiqib keta olsa) yoki $fails$(nindzya missiyani bajara olmasa) so’zini chiqaring.

Input
1
4 5
1 3 B
3 5 B
5 1 R
5 5 F
7 7 F
Output
succeeds