Category
Similar Problems
0184. Tartugaga yo'l
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Nindzyalar to’dasi g’aroyib bir xarita topib olishdi, xarita $1x1$ o’lchamdagi katakchalarga ajratilgan edi. Xaritaning ayni markazida 1 soni yozilgan bo’lib, bu qaroqchilarning qandaydir belgilariga o’xshardi. Markazdagi nuqtaning sharq tarafida 3 soni, shimolida 2 soni, g’arbida 4 soni va janubida 5 soni yozilgan edi. Bu belgilar aynan nimadan dalolat berishini, qanday tartibda belgilanganini Nindzyalar to’dasi uchun biroz qiyinlik qildi, ammo ularning orasida qimorga qiziquvchi bitta Nindzya bu xarita sirini topdi. Xarita siri shunda ediki, xarita markazida qimor kubikchasini(narda zarikchasi) tepa tarafida 1 sonini qo’yib uni shimol-janub yoki sharq-g’arb tomonlarga ag’anatish orqali xaritadagi boshqa sonlar kelib chiqishini bilishdi. Xaritaning orqa tarafida Karib dengizining mashhur qaroqchisi Jek chittak imzosi keltirilgan yo’nalish ko’rsatilgan edi. Yo’nalish faqat belgilardan iborat bo’lib, Tartuga oroliga olib boriladigan yo’lni ko’rsatar edi.
Masalan, yo’nalish quyidagicha bo’lishi mumkin: $5X-YYX+Y$.
$X$ turgan nuqtadan sharqqa tomon bitta siljishni;
$Y$ turgan nuqtadan shimolga tomon bitta siljishni;
$5X$ esa besh marta $X$ siljishni birdiradi, masalan $5X=XXXXX$, $3XYY=XXXYY$
$-$ belgisi shu belgidan boshlab yo’nalishlarni teskarisiga o’zlashtirishni bildiradi($X$ sharrqa emas g’arbga yura boshlaydi, $Y$ esa janub tomonga), $+$ belgisi esa yo’nalishlarni yana avvalgi holatida qaytaradi($X$ yana sharqqa, $Y$ shimolga)
Nindzyalar to’dasiga ular hozirda (0,0) nuqtada turganliklari ma’lum va ular turgan nuqta yuqorida keltirilgan kabi 1 soni yozilganligi ma’lum bo’lsa, siz berilgan yo’nalish belgilari aynan qaysi koordinataga olib borishini va u koordinatada qaysi son yozilishini hisoblovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda testlar soni $N$ beriladi ($1 \le N \le 50$). Keyingi $N$ ta satrda Tartugaga borish yo’nalishining belgilanishi beriladi. Bu satr uzunligi $1000$ dan oshmaydi va $.$ Belgisi bilan tugallanadi. Satrda $+, -, X, Y$ belgilari yoki biror son bo’lishi mumkin. Satrda kiritiladigan har bir sonning uzunligi 7 belgidan oshmaydi.
Chiquvchi ma’lumotlar: $N$ ta satrda har bir test uchun $position (x,y), z dots$ shaklida javob chiqaring. Bu yerda, $x$ va $y$ sonlari koordinata nuqtalarining belgilanishi, $z$ esa shu nuqtada qaysi son yozilganligidir(ya’ni, kubikchani shu koordinatagacha berilgan yo’nalishlarda dumalatib olib borilganda qaysi son kubikcha tepasida qolishi).
Input |
---|
3 5X-YYX+Y. XY-XY. 12X12Y-12X12Y. |
Output |
position (4,-1), 5 dots position (0,0), 3 dots position (0,0), 1 dots |