Category

Similar Problems

0182. 13-marshrut

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

13-marshrut bo’ylab yuruvchi poezd haydovchisini unchalik omadi kelgan haydovchi deb bo’lmaydi. Chunki bu yo’nalish bo’ylab yurganda bitta boshi berk ko’chadan o’tish lozim. Bunda poezd $A$ tomondan kelib(rasmga qarang) $B$ boshi berk ko’chaga kirishi kerak. Poezd bu $B$ boshi berk ko’chadan teskarisiga aylangan holda $C$ tomondagi temir yo’liga o’tib ketishi lozim.



Har vaqtdan 13-marshrut poezdi vagonlari tartiblanmagan holda yurgiziladi. Bu holatda 13-marshrut poezdi aynan shu boshi berk ko’chaga kirishda vagonlarni tartiblangan holga keltirib olishga urinadi. Sizga poezd A tomondan kelishdagi holati beriladi. Siz ushbu poezdning $C$ tomonga chiqishda tartiblangan(dastlab birinchi, keyin ikkinchi va h.k) holatda chiqib ketishi mumkin yoki yo’qligini tekshirishingiz lozim. Haydovchi tartiblash oson bo’lishi uchun poezd vagonlarini bitta-bittadan boshi berk ko’chaga olib kirishi ham mumkin($B$ boshi berk ko’chaga poezd barcha vagonlari ham sig’ishi mumkin). $B$ punktga kirgan poezd vagoni qaytib yana $A$ punktga o’tishi taqiqlanadi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi satrda $N$ soni ($1 \le N \le 1000000$). Ikkinchi satrda 1 dan $N$ gacha bo’lgan sonlar bitta probel bilan ajratilgan holda beriladi(Poezd vagonlarining dastlabki tartib holati).


Chiquvchi ma’lumotlar: Agar 13-marshrut haydovchisi $B$ punktdan poezdlarni saralab olib chiqib keta olsa $YES$ so’zini, aks holda $NO$ so’zini chiqaring.

Input
3
3 2 1
Output
YES
Input
4
4 1 3 2
Output
YES
Input
3
2 3 1
Output
NO