Category

Similar Problems

0180. Jewels

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Ko’pchilik Jewels nomli o’yin bilan tanish bo’lsa kerak. Shunday bo’lsada qoidalar bilan yana bir marotaba tanishtirib o’tamiz ;

1. Jewels shunday o’yin, u 8x8 shaxmat matritsadan iborat bo’lgan doskada o’ynaladi.

2. Bu o’yinda matritsaning har bir katagida bittadan yoqut, zumrad va har xil rangli qimmatbaho toshlar joylashtirilgan bo’ladi.

3. Siz bir urunishda ikkita o’zaro qo’shni(umumiy tomonga ega bo’lgan)katakchalardagi toshlarni bir biri bilan almashtira olasiz.

4. Keyin 3 va undan ortiq bir xil rangli toshlar vertical yoki gorizantal bo’yicha bitta satrga kelsa ular parchalanib yo’qolib ketadi va ularni o’rniga boshqa toshlar kelib joylashadi.

5. Toshlarni parchalash qoidalari oddiy 2 ta qo’shni katakchani o’rnini almashtiramiz, keyin matritsani vertical va gorizantal bo’yicha tekshiramiz, 3 va undan ortiq kelgan bir xil toshlarni parchalaymiz(rasmga qarang) Bunda bir urunishda 3,4,5,7 toshni parchalash mumkin:

6. Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan toshlarni belgilangan yo’nalish bo’yicha harakatlantirsak bir urunishda a, b-rasmda 3 ta, c-rasmda 4 ta, d,e,f-rasmlarda 5 tadan toshni parchalaymiz.Qolgan variantlarni mustaqil o’ylab ko’ring.



Vazifa. Sizga 8x8 lik o’lchamdagi matritsa beriladi. Matritsada toshlar mavjud. Toshlar faqat 2 xil oq va qora rangda(masalani shartini osonlashtirish uchun) beriladi. Siz faqat qora rangli toshlarni parchalashingiz kerak. Bir urunishda eng ko’pi bilan qancha qora rangli toshni parchalash mumkin ?


Kiruvchi ma’lumotlar: 8x8 lik matritsa beriladi. Matritsa $W$ ($White$) va $B$ ($Black$) lardan iborat bo’ladi. $W $oq toshni $B$ qora toshni bildiradi.


Chiquvchi ma’lumotlar: Bir urunishda eng ko’pi bilan nechta toshni parchalash mumkinligi($0,3,4,5,7 sonlari$) chiqariladi.

Input
WWBWWWWW
WWBWWWWW
WWWWWWWW
WWBWWWWW
WWWWWBBW
WBBWWWWW
WWWWBWWW
WWWWWWWW
Output
3