Category
Similar Problems
0179. Kompyuter buyurtmasi
Time limit : 500 ms
Memory limit : 64 mb
Yaqinda TATU Urganch filiali tomonidan bir nechta sistema bloki va shuncha qiymatda monitor uchun buyurtma berildi. Lekin buyurtma berishda hech kim monitor va sistema blokini ulashning ikki xil interfeysi borligini hisobga olishmadi, bular: $VGA$ va $DVI$. Monitor va sistema bloklarning faqat bir xil interfeysni yoki ikkalasini ham(ikkitasidan ixtiyoriy bittasini) qabul qila oladi.
Buyurtmalarni yetkazuvchi buyurtmani universitetga olib kelganida $a1$ ta faqat $VGA$ qabul qiluvchi, $a2$ ta faqat $DVI$ interfeys qabul qiluvchi va $a3$ ta ikkita interfeysni ham qabul qila oladigan sistema bloklari, $b1$ ta faqat $VGA$ interfeys qabul qiluvchi, $b2$ ta faqat $DVI$ interfeys qabul qiluvchi va $b3$ ta ikkala interfeysni ham qabul qila oladigan monitorlar keltirildi.
Siz bu keltirilgan sistema bloklari va monitorlardan necha komplekt to’plam yig’ish mumkinligini hisoblovchi dastur tuzing. Komplekt to’plam bitta monitor va bitta sistema blokdan tashkil topib, har ikkalasida ham kamida bitta umumiy interfeys bo’lishi kerak.
Kiruvchi ma`lumotlar: Birinchi qatorda 3 ta butun son($0 \le a1,a2,a3 \le 100$). Ikkinchi qatorda ham 3 ta butun son($0 \le b1,b2,b3 \le 100$). Bu kiritilgan sonlarda $a1+a2+a3=b1+b2+b3$ shart qanoatlantiradi.
Chiquvchi ma`lumotlar: Yig’ib bo’ladigan maksimal to’plamlar soni.
Input |
---|
3 4 6 2 3 8 |
Output |
13 |
Input |
---|
3 4 6 2 11 0 |
Output |
12 |