Category

Similar Problems

0176. Nodir va gugurt cho'pi

Time limit : 5000 ms
Memory limit : 64 mb

Kattalar ko’pincha bolalarga gugurt bilan o’ynashga ruxsat berishmaydi, lekin Nodirga bunday narsalar zavq bag’ishlaydi. Masalan, u 9 sonidan 11 sonini faqat birgina gugurt cho’pini o’zgartirib yasashni o’ylab yuribdi.


Yaqinda Nodirning ota-onasi unga bir-necha gugurt qutilarini olib kelib berishdi. Har bir qutida 12 tadan gugurt donasi bor. Nodir bu cho’plardan har xil geometric shakllar yasay boshladi. U juda ko’p shakllar yasadi va endi parallelepiped shakliga qiziqib qoldi. Uni bir savolga javob topa olmayapti: u qutidagi 12 ta gugurt cho’pi va yelimdan foydalanib qandaydir tartibda parallelepiped yasay oladimi yo’qmi? Gugurtlarni sindirish, qirqib tashlash va ortiqcha qoldirish mumkin emas. Sizning vazifangiz har bir qutidagi gugurt cho’plari uzunliklarini bilgan holda, ulardan parallelepiped yasab bo’ladi yoki yo’qligini tekshirishdan iborat.


Kiruvchi ma`lumotlar: Sizga cheksiz tartibda(mingdan oshmagan) satrlar beriladi. Har bir satrda 12 ta son mavjud. Har bir son gugurt uzunligini bildirgan natural son bo’lib, $10^9$dan oshmaydi. Kiritish 12 ta noldan iborat satrda tugaydi.


Chiquvchi ma`lumotlar: Har qaysi quti gugurtlari uchun alohida satrda parallelepiped yasab bo’lsa $yes$ so’zini, aks holda $no$ so’zini chiqaring.

Input
1 1 1 1 2 2 2 2 3 3 3 3
1 1 1 1 2 2 2 2 3 3 3 4
0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Output
yes
no