Category
Similar Problems
0175. Satr ustida amal
Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb
Ko’pchilik masalalarda satrlar ustida har xil amallar bajarish so’raladi. Asosan ikkita ko’p uchraydigan amallar, bular: satrni teskarisiga aylantirish va 2 yoki bir necha satrlarni birlashtirishdir.
Satrni teskarisiga aylantirish amali yordamida $s$ satrdan uning belgilari teskari tartibda yozilgan s^R satr hosil qilib olinadi. Masalan $s = algo$ $s^R=ogla$
Satrlarni qo’shish amali esa ikkita $s$ va $t$ satrlaridan shunday $st$ satr hosil qilinadiki, dastlab $s$ satr yoziladi va davomiga $t$ satr belgilari ketma-ket yoziladi. Masalan, $s=abc$ va $t=bcd$, $st=abcbcd$
Sizning vazifangiz shu ikkita amalni birgalikda bajarishingiz va sizga berilgan satrdan tegishli joylarini teskarisiga aylantirib satrlar yig’indisini topishingiz so’raladi.
Kiruvchi ma`lumotlar: Bitta uzunligi 200 dan oshmagan satr beriladi. Satrda teskarisiga aylantirish kerak bo’lgan qismlar qavs ichida beriladi. Satrlarni qo’shish vaqtida esa qavslar hisobga olinmaydi.
Chiquvchi ma`lumotlar: Bitta satr, masala javobi.
Input |
---|
ta(uut)rg(hcna)(ilailif) |
Output |
tatuurganchfiliali |