Category

Similar Problems

1013. Aylanani bo'laklash

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb

Sizga aylana berilgan bo'lib, unda $n$ ta nuqta joylashgan. Har bir nuqta oq yoki qora ranga bo'yalgan. Sizning vazifangiz shu aylanani $k$ ta dan bo'lgan ketma-ket kelgan bo'laklarga ajratishdan iborat. Bunda hech qaysi nuqta ortiqcha qolib ketmasligi lozim. Aylana ajratilgandan so'ng faqat oq ranga bo'yalgan bo'laklar soni maksimal bo'ladigan bo'laklarga ajratishingiz kerak. Maksimal bo'laklar sonini chiqaring.


Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda 2 ta natural son, $n, k(1 \le a_1, k \le 10^6)$. $k$ $n$ sonining bo'luvchisi bo'lishligi kafolatlanadi.

Ikkinchi qatorda $n$ ta son, aylana nuqtalari qaysi ranga bo'yalganligi. Agar $1$ bo'lsa oq rang, $0$ bo'lsa qora.


Chiquvchi ma’lumotlar

Yagona qatorda masala yechimini chiqaring.

Input
9 3
1 1 1 1 0 0 0 1 1
Output
2
Input
6 2
1 0 0 1 0 1
Output
1