Category

Similar Problems

1012. Massivni kengaytirish

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 128 mb

Dastlab sizda $1$ elementdan tashkil topgan massiv mavjud, bu $a_1$. Shu massiv ustida $k$ marta quyidagi amal bajariladi. Massiv elementlari olinadi, har bir ketma-ket kelgan sonlar uchun uni qancha marta kelganligi hamda sonni o'zi yoziladi. Hosil bo'lgan massiv ustida yana shu amal bajariladi. Misol tariqasida $k = 4$, $a_1 = 3$ ni ko'ramiz. Dastlab massivda faqat $1$ ta element mavjud. Bunda $3$ bir marta mavjud. Yangi massiv quyidagicha bo'ladi: $[1, 3]$, ya'ni $3$ sonidan $1$ dona bor. Keyin ikkinchi marta shu jarayon taqrorlanadi. Hosil bo'lgan massiv bunda $[1, 1, 1, 3]$ bo'ladi. Keyingi jarayonda $[3, 1, 1, 3]$ bo'ladi, chunki massivda dastlab $1$ $3$ marta ketma-ket kelgan, keyin $3$ $1$ marta kelgan. Ohirgi jarayonda massiv $[1, 3, 2, 1, 1, 3]$ holatiga keladi. Sizning vazifangiz $a_1$ sonini va $k$ sonlarini bilgan holda yakuniy hosil bo'lgan massivni chiqarishdan iborat.


Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda 2 ta natural son, $a_1, k(1 \le a_1, k \le 50)$.


Chiquvchi ma’lumotlar

Yagona qatorda masala yechimini chiqaring.

Input
3 4
Output
1 3 2 1 1 3