Category

Similar Problems

0259. Chiziqli qidiruv

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Sizga bir o’lchamli sonli massiv va k soni berilgan. Sizning vazifangiz k sonini berilgan massivdan izlovchi dastur tuzish. Ya’ni qaysi pozitsiyalarda ucharishini topish. Massiv indeksi 1 dan boshlanadi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda n butun soni massiv elementlari soni berilgan (1n100). Ikkinchi qatorda n ta son massiv elementlari bitta probel bilan ajratilib berilgan. Uchinchi qatorda izlanayotgan k soni berilgan. Massiv elementlari va k soni butun va modul jihatdan 1000 dan oshmaydi.


Chiquvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda k sonining necha marta uchrashini, ikkinchi qatorda esa bu pozitsiyalarni o’sish tartibida bitta probel bilan ajratib chiqaring. Agar k soni umuman uchramasa 0 chiqaring.

Input
3
5 6 5
5
Output
2
1 3
Input
8
-8 9 -8 5 6 78 -8 8
-8
Output
3
1 3 7
Input
4
1 2 3 4
5
Output
0