Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8819

Jo'natishlar soni: 714307

Muhokama yozuvlari: 4540

Yangiliklar soni: 97

Yangiliklar izohlari: 1174


So'ngi izohlar

818. Yura va satrlar-2
Vaqt limiti: 1 sekund
Xotira limiti: 128 MB

Yura satrlarga doir masalalarni ishlashga qiziqadi, shuning uchun u satrlarga doir bir nechta algoritmlarni ham o`rgandi.Lekin hamma masalalar ham maxsus algoritm bilan ishlanmaydi, shuning uchun Yura satrlarga doir masalalarni ishlash uchun sirli va effektiv algoritm o`ylab topdi.Yura bu algortimni sirini faqat o`zi bergan masalani ishlab bilgan odamga o`rgatishini ma`lum qildi.Albatta Yura shundoq ham o`rgatishi mumkin edi lekin Yura shogirdlikka loyiq odamgagina bu algoritmni sirini ochishga qaror qildi.Demak u o`ylagan masalada albatta satrlar qatnashishi tabiiy, bu masalada ikkita satr qatnashadi.Qulay bo`lishi uchun ularni a va b deb nomlaylik. Yura sizga a satr ustida ikkita amal bajarishingizga ruxsat beradi: a satrni hohlagan bir harfini o`chirish va a satrni istalgan joyiga bir harf qo`shish. Yura teng satrlarni yoqtirgani uchun sizdan a satrni b satrga minimal amal bilan tenglashtirishni so`radi.Agar bu masalaga to`gri yechim topa olsangiz Yura sizga o`z sirini ochishga va`da berdi.

Kiruvchi ma`lumotlar : Birinchi qatorda A va ikkinchi qatorda B satrlar beriladi .

(1≤|A|≤ 2000, 1≤|B|≤ 2000).Bu yerda |S| - satr uzunligi. Satrlar ingliz alfavitining kichik harflaridan iborat.

Chiquvchi  ma`lumotlar : Masala javobini bitta satrda chiqaring.

Kiruvchi ma`lumotlar

Chiquvchi  ma`lumotlar

a

c

2

acb

ab

1

   Izoh : Birinchi test uchun javob 2 amal bular: a harfini o`chirish, keyin c harfini yozish.

Ikkinchi test uchun javob 1 amall bu: c harfini o`chirish.

 

 

Avtor: Islom Iskandarov
Mening urinishlarim(0) Muhokama (1) Jo'natish Eng yaxshi yechimlar Barcha muvaffaqiyatli urinishlar(15) Barcha urinishlar(49)