Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8824

Jo'natishlar soni: 714622

Muhokama yozuvlari: 4541

Yangiliklar soni: 98

Yangiliklar izohlari: 1177


So'ngi izohlar

645. Uchrashuv
Vaqt limiti: 1 sekund
Xotira limiti: 64 MB

To’rtta do’st G’iyos, Jamshid, Shavkat va Yo’ldosh ko’p ishlarni birgalikda qilishadi. Endi ular o’zlariga uy qurishmoqchi. Har bir uyni birgalikda qurishayabdi. G’iyosning uyi (x1, y1) nuqtaga, Jamshidning uyi (x2, y2) nuqtaga, Shavkatning uyi (x3, y3) nuqtaga qurildi. Endi Yo’ldoshning uyini qurishmoqchi. Ular har kecha kimningdir uyida uchrashib, birgalikda masala yechishadi va karta o’ynashadi.  Yo’ldosh juda shinavanda yigit bo’lganligi uchun har kecha uning uyida uchrashishni rejalashtirishdi. Endi uning uyini shunday nuqtaga qurishlari kerakki, bu nuqtadan G’iyos, Jamshid va Shavkatning uylarigacha bo’lgan masofalar teng bo’lshi kerak. Ular kuchli dasturchi bo’lganliklari uchun bu nuqtani dastur tuzib topishga qaror qilishdi. Siz ham bu nuqtani topishga harakat qilib ko’ring, balki ulardan oldinroq toparsiz.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda x1, y1, x2, y2, x3, y3 sonlari berilgan. Ularning barchasi butun va modul jihatdan 104 dan oshmaydi. Bu uch nuqta bir tog’ri chiziqda yotmaydi.

Chiquvchi ma’lumotlar

Yo’ldoshning qurilishi kerak bo’lgan uyining x va y koordinatalarni 10-6 aniqlikda bitta probel bilan ajratib chiqaring.

Misollar

¹

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

1 1 4 2 2 5

2.045455 2.863636

 

Tayyorladi: Azat Yusupov
Mening urinishlarim(0) Muhokama (1) Jo'natish Eng yaxshi yechimlar Barcha muvaffaqiyatli urinishlar(26) Barcha urinishlar(62)