Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8821

Jo'natishlar soni: 714440

Muhokama yozuvlari: 4541

Yangiliklar soni: 97

Yangiliklar izohlari: 1174


So'ngi izohlar

571. Vinni Pux
Vaqt limiti: 1 sekund
Xotira limiti: 128 MB

Malumki, Vinni Pux asalni juda yoqtiradi. U yaqinda qish uchun asal yigishni boshladi. Uning idishi pastki qismi yarim shar va yuqori qismi kesik konus bolgan shaklda. Shar radyusi va konus pastki asosi radyusi R, konus yuqori asosi radyusi r ga teng. Konusning yasovchisi esa l ga teng va konus asoslari markazlarini orqali otgan togri chiziq yerga perpendikulyar boladigan qilib idish joylashtirilgan(rasmga qarang).

Vinni Pux n kun davomida har i-kuni a[i] hajmdagi suyuq asal olib keladi va uni yuqorisidan idishga quyadi. Har kuni asalni quygandan song undagi asalning balandligi qanday bolganligini olchashga urinib koradi. Lekin idish ichi tashqaridan korinmaganligi sababli Vinni Pux bu ishda qiynalmoqda. Har kuni idishga qancha asal quyilishini bilgan holda idishdagi asalning balandligini topishda Vinni Puxga yordam bering.

Kiruvchi ma`lumotlar: Birinchi qatorda bitta butun n (1 ≤ n ≤ 100) soni necha kun asal quyilishi berilgan. Ikkinchi qatorda R, r, l (1≤r,l,R≤1000, r<R, l>R-r) butun sonlari berilgan. Uchinchi qatorda n ta butun son ai har kuni qancha asal quyilishi berilgan (0 ai ≤ 1000000).

Chiquvchi ma`lumotlar: n ta qatorda har kuni navbatdagi asalni idishga quygandan keyingi asalning balandligini 10-4 aniqlikda chiqaring.

Kiruvchi ma`lumotlar

Chiquvchi ma`lumotlar

3

5 3 4

150 130 100

3.5346

5.2382

6.8858

 

Avtor: Azat Yusupov
TATU, uning filiallari va INHA universiyeylari 1-kurs talabalari o'rtasidagi olimpiada finali 2016
Mening urinishlarim(0) Muhokama (3) Jo'natish Eng yaxshi yechimlar Barcha muvaffaqiyatli urinishlar(6) Barcha urinishlar(13)