Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8824

Jo'natishlar soni: 714622

Muhokama yozuvlari: 4541

Yangiliklar soni: 98

Yangiliklar izohlari: 1177


So'ngi izohlar

564. Inkrement va dekrement
Vaqt limiti: 1 sekund
Xotira limiti: 128 MB

C++ dasturlash tilida Increment va Decrement tushunchalari mavjud ularning tariflari quyidagicha:

1.Increment birga oshirish ya`ni Increment ni Inc(x) funksiyasi sifatida ifodalasak. Inc(x) = x + 1 qiymatni qabul qiladi.C++ tilida bu amalni quyidagi ko`rinishlarda yozish mumkin: x = x + 1; x += 1; x++; Ya`ni x++ Inc(x) funksiyasining qisqa yozilishi.

2. Decrement birga kamaytirish ya`ni Decrement ni Dec(x) funksiyasi sifatida ifodalasak. Dec(x) = x - 1 qiymatni qabul qiladi.C++ tilida bu amalni quyidagi ko`rinishlarda yozish mumkin: x = x - 1; x -= 1; x--; Ya`ni x-- Dec(x) funksiyasining qisqa yozilishi.

Simvollar uchun aniqrog`i kichik lotin harflari uchun bu tushunchalar ta`riflari quyidagicha:

Biror bir x harf uchun Inc(x) funksiyasi alfavit bo`yicha keying harfga teng. Ya`ni Inc(a) = b, Inc(b) = c Inc(z) = a

Dec(x) funksiyasi esa Biror bir x harf uchun alfavit bo`yicha undan oldingi simvolga teng. Ya`ni Dec(z) = y, Dec(y) = x Dec(a) = z. Sizga S satr beriladi Siz Inc(x) yoki Dec(x) funksiyasi qo`llashingiz mumkin. S satrdagi biror bir x harf uchun Inc(x) yoki Dec(x) ni qo`llasak bu satrdagi hamma harflar uchun tegishli bo`ladi. Masalan: aba satri uchun Dec(a) amalini qo`llasak zbz satri hosil bo`ladi, agar Inc(a) ni qo`llasak bbb satri hosil bo`ladi.Sizning vazifangiz minimal amal bajarib S satrdagi hamma harflarni bir hil harfga aylantirish.Minimal amallar sonini toping.

Kiruvchi ma`lumotlar : Bitta qatorda S satri (|S| <= 105).Bu yerda |S| -satr uzunligi.

Chiquvchi ma`lumotlar: Bitta butun son masala javobi.

Kiruvchi ma`lumotlar

Chiquvchi ma`lumotlar

aba

1

abc

2

Izoh : Birinchi test uchun javob 1 bu: Inc(a) ni qo`llasak aba satr bbb satrga aylanadi, yoki Dec(b) ni qo`llasak aaa satr hosil bo`ladi.

 

Avtor: Islom Iskandarov
TATU, uning filiallari va INHA universiyeylari 1-kurs talabalari o'rtasidagi olimpiada saralash turi 2016
Mening urinishlarim(0) Muhokama (0) Jo'natish Eng yaxshi yechimlar Barcha muvaffaqiyatli urinishlar(15) Barcha urinishlar(154)