Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8824

Jo'natishlar soni: 714622

Muhokama yozuvlari: 4541

Yangiliklar soni: 98

Yangiliklar izohlari: 1177


So'ngi izohlar

542. Turnir
Vaqt limiti: 1 sekund
Xotira limiti: 64 MB

TATU Urganch filiali o`z talabalarini dasturlashga bo`lgan qiziqishini oshirish maqsadida har yili turnir o`tkazib turadi. Turnir oldidan qatnashchilarga maxsus futbolkalar beriladi. Ammo kimgadir futbolka katta, kimgadir kichik o`lchamli futbolkalar nasib qiladi. Bu safar shuni oldini olish maqsadida rahbariyat har bir qatnashchidan o`ziga to`g`ri keluvchi 2 o`lchamni yozib berishni so`radi.

Futbolka o`lchamlari 6 xil bo`lib ular quyidagicha.

XXL , XL , L , M , S , XS

Tashkilotchilar N ta rangga buyurtma berishdi va 6 ta o`lcham mavjud bo`lgani uchun ularda 6 * N ta futbolka bor.Turnirda esa M ta ishtirokchi qatnashadi. Har bir ishtirokchi olgan futbolkasi yozib bergan 2 o`lchamdan biriga to`g`ri kelishini xohlaydi. Sizdan tashkilotchilar futbolkalarni to`g`ri taqsimlay olishadimi yo`qmi topish so`raladi.

Kiruvchi ma`luotlar:

Birinchi qatorda N va M soni. N ta rang va M ta ishtirokchi. (1 <= N,M <= 100)

Keyingi M ta qatorda 2 ta o`lcham probel bilan ajratilgan holda beriladi.

Chiquvchi ma`lumotlar:

Agar taqsimlay olishsa YES aks holda NO so`zini chiqaring.

Kiruvchima`lumot

Chiquvchima`lumotlar

3 6

L XL

XL L

XXL XL

S XS

M S

M L

YES

 

Mening urinishlarim(0) Muhokama (0) Jo'natish Eng yaxshi yechimlar Barcha muvaffaqiyatli urinishlar(9) Barcha urinishlar(44)