Category

Similar Problems

0197. Qalpoq

Time limit : 1000 ms
Memory limit : 64 mb

Papa Karlo Buratino uchun qalpoq yasadi. Qalpoq radiyusi $r$ va balandligi $h$ bo’lgan konus shaklida. Buratinoning boshi radiyusi $R$ bo’lgan shar shaklida. Buratino qalpoqni boshiga kiyib ko’rdi. Papa Karlo qalpoqning qanchalik to’g’ri kelganligini bilish uchun uning buratino boshining qancha qismini qoplaganini topmoqchi. Papa Karloga bu ishda yordam bering. Qalpoq qalinligi hisobga olinmaydi.


Kiruvchi ma’lumotlar: Birinchi qatorda $r, h, R$ butun sonlari beriladi($1\le r, h, R \le 1000$).


Chiquvchi ma’lumotlar: Buratino boshinining hajm jihatidan qancha ulushi qalpoq bilan qoplanganligini $10^{-3}$ aniqlikda chiqaring.

Input
3 4 5
Output
0.028