Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8824

Jo'natishlar soni: 714631

Muhokama yozuvlari: 4541

Yangiliklar soni: 98

Yangiliklar izohlari: 1177


So'ngi izohlar

  Local Contest#6
6-musoboqa 23-may, 5-kun o'tkaziladi. Oxirgi Local Contest. Bu musoboqa barcha Local Contestlar ichida:
Eng uzoq davomiylik(4 soat).
Eng ko'p masalalar soni(10 masala).
Eng ko'p ingliz tilidagi masalalar(2 masala).
Eng uzoq natijalarni muzlatish(1 soat).

Bu musoboqada tayyorgarlikda avvaldan qatnashib yurgan talabalar o'rtasida so'rovnoma o'tkaziladi. Bu so'rovnoma quyidagilardan iborat:
1) Eng yaxshi leksiya(1-7 darslar leksiyalaridan birini belgilaysiz).
2) Eng yaxshi musoboqa(1-6 Local Contest lardan birini belgilaysiz).
3) Eng yaxshi masala(Musoboqa yoki leksiya uchun qo'yilgan masalalardan birini belgilaysiz, bular saytdagi 234-299, 600-615, 700-703 yoki oxirgi musoboqa masalalaridan biri bo'lishi mumkin). Javobingizni oldindan o'ylab,tayyorlab keling. Har kim o'z shaxsiy fikriga tayansin.

Natijalar:
1-o'rin: Nasurlaev Ildar(932-13)(5 masala)
2-o'rin: Sultonov Yoldoshboy(914-13)(4 masala)
3-o'rin: Yusupov Giyos(911-13)(4 masala)
Eng tezkor dasturchi: Sultonov Yoldoshboy(914-13)(5:31 C("Birlar soni"))

Masalalar(Saytdagi 616-623, 704-705)
Monitor

O'tkazilgan so'rovnoma natijalari bo'yicha:
Eng yaxshi leksiya: Saralashning boshqa usullari. Merge sort va Quick sort algoritmlarining qollanilishi. Comparator yordamida saralash.
Eng yaxshi musoboqa: Local Contest #4
Eng yaxshi masala: Chumoli va daraxt

Barcha musoboqalar natijasi bo'yicha musoboqalarning absoliyut g'oliblari aniqlandi. Bu o'rinlarni aniqlashda 6 ta musoboqalarda yechgan masalalarning soni qo'shib chiqildi. Agar ikki ishtirokchida bu son teng bo'lib qolsa ularning oxirgi musoboqadagi natijalariga qaraldi. U bo'yicha:
1-o'rin: 914-13 guruh talabasi Sultonov Yo'ldoshboy. U jami 26 ta masala yechdi va 3 ta Local Contest g'olibi.
2-o'rin: 911-13 guruh talabasi Yusupov G'iyos. U jami 25 ta masala yechdi va 1 ta Local Contest g'olibi.
3-o'rin: 911-13 guruh talabasi Ozodov Jamshid. U jami 21 ta masala yechdi.
4-o'rin: 913-13 guruh talabasi Aminov Shavkat. U jami 18 ta masala yechdi va 1 ta Local Contest g'olibi.
Ularning 4 tasi ham yozgi tayyorgarlikga to'g'ridan-to'g'ri qabul qilindi. Jami 6 ta musoboqa uchun 52 ta masala tayyorlandi(3 ta 8, 2 ta 9, 1 ta 10)

Endi o'g'il bolalar o'rtasida 11 ta o'rin uchun kurash davom etadi.


Izoh yozish

Izohlar(0)

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2014-05-21. Ko'rishlar: 68901