Expected Contests

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari o'rtasida dasturlash bo'yicha o'tkazilgan musobaqaning I turida har xil darajadagi 7 ta masala va 3 soat vaqt berilgan edi. Musobaqa davomida filialimizning 3 nafar talabasi 6 ta masala yecha oldi . Natijalar quyidagicha:

1-o'rinni 941-21 guruh talabasi Raximov Kamron
2-o'rinni 932-22 guruh talabasi Bekjanov Ro'zimboy
3-o'rinni 943-20 guruh talabasi Allayarov Shohzod qo'lga kiritdi

Musobaqaning II turi 14-yanvar kuni soat 13:00 da algo.ubtuit.uz tizimida bo'lib o'tadi

Read More
1 Yil oldin

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali tomonidan buyuk ajdodlarimiz merosini asrash va yoshlar o'rtasida aniq fanlarni targ'ib qilish maqsadida har yili an'anaviy tarzda Al-Xorzmiy tanlovi o'tkazib kelinmoqda.

2022-yilgi Al-Xorazmiy tanlovi 2 bosqichda o'tkaziladi. 1-bosqich 7-may kuni onlayn tarzda quyidagi havola orqali o'tkaziladi:

https://algo.ubtuit.uz/contest/20/pending

Unda ishtirok etish uchun algo.ubtuit.uz tizimida ro'yxatdan o'tish yetarli.

2-yakuniy bosqich 14-may kuni TATU Urganch filiali binosida o'tkaziladi. Ishtirokchilar 1-bosqichdagi natijalariga qarab ikkinchi bosqichga yo'llanma oladi.

Read More
2 Yil oldin

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari o'rtasida dasturlash bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqaning II turi joriy yilning 15-yanvar kuni bo'lib o'tdi. Bu musobaqada jami 80 nafar talaba ro'yxatdan o'tib online ishtirok qilishdi. Eng ko’p 8 ta masala yechgan 951-18 guruh talabasi Sayfullayev Doniyor yana bir bor birinchilikni qo'lga kiritdi.

Musobaqa natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://contest.yandex.ru/contest/34543/standings/

Musobaqaning III turi haqida tez orada e'lon qilamiz

Read More
2 Yil oldin

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning II turi 15-yanvar 2022-yilda contest.yandex.ru da o'tkaziladi. Ushbu musobaqaga I turda qatnashmagan talabalar ham qatnashishi mumkin. Yakuniy III turda shu ikkala(I va II) turda yaxshi natijaga erishgan talabalar saralab olinadi

II tur musobaqasida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:

https://contest.yandex.ru/contest/34543/enter/

Ro'yxatdan o'tganda ism familiyangiz va guruhingizni yozishingiz kerak. Shu ro'yxat bo'yicha III bosqich ishtirokchilarini tanlab olamiz.

Musobaqa bo'yicha savollar bo'lsa: @yusupova_janar telegram manziliga yo'llashingiz mumkin. Filialimizning barcha talabalarini musobaqaga taklif etamiz!

Read More
2 Yil oldin

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalarining qishki ta’tilda bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida joriy yilning 10-yanvar kuni talabalar o'rtasida dasturlash bo'yicha olimpiadaning I turi o'tkazildi. Bu musobaqada jami 48 nafar talaba online ishtirok qilishdi. Eng ko’p 8 ta masala yechgan 951-18 guruh talabasi Sayfullayev Doniyor birinchilikni qo'lga kiritdi.

Musobaqa natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://algo.ubtuit.uz/contest/18/standings

Bu bosqichda talabalar yechgan masalalar soniga qarab saralanadi , 3 va undan ko'p masala yechgan talabalar keyingi II turga yo'llanma oldilar. II turda ham barcha talabalar qatnashishi mumkin. Yakuniy III turda shu ikkala (I va II turda) yaxshi natijalarga erishgan talabalar qatnashadi. II tur uchun ro'yxatdan o'tish qismi tez orada tizimga joylashtiriladi.

Read More
2 Yil oldin

Akademik litsey , kasb hunar maktablari va umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari diqqatiga! Qishki ta'til muddati 24-yanvargacha uzaytirilganligi munosabati bilan ta'til kunlari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazish maqsadida informatika fanidan onlayn fan olimpiadasi o'tkaziladi. Mazkur olimpiada 19-yanvar 2022-yil soat 10:00 da algo.ubtuit.uz tizimida onlayn shaklda o'tkaziladi. Olimpiadaga qatnashish uchun tizimda ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Olimpiadaga barcha akademik litsey , kasb hunar maktablari va umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini taklif etamiz !

Olimpiada o'tish:

https://algo.ubtuit.uz/contest/19/pending

Read More
2 Yil oldin