Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 909

Foydalanuvchilar soni: 8824

Jo'natishlar soni: 714631

Muhokama yozuvlari: 4541

Yangiliklar soni: 98

Yangiliklar izohlari: 1177


So'ngi izohlar

  Local Contest #5
5-musoboqa 16-may kuni o'tkaziladi. Musoboqani 17 may, 6-kun o'tkazishga to'g'ri keldi
Xal qiluvchi musoboqalar yaqinlashayotganligini xisobga olib, oxirgi ikki musoboqani ochiq musoboqa(open contest) qilishga qaror qildik. Unda xal qiluvchi musoboqalarga qatnashishni rejalashtirgan 1-kurs talabalari qatnashib ko'rishi mumkin. Bizda 20 ta bo'sh kompyuter bor. Ro'yxatga olish 13:00-13:50 oraliqda bo'ladi. Bu musoboqaning leksiyasi 13-may kuni bo'ladi. Avval unda qatnashing. Sayt reytingida 6-o'rinni egallab turgan Ixlosbek Botirovni va "Qayta topshirish"da eng ko'p masala yechgan va kelajakda yaxshi natijalarga erishishi kutilayotgan 912-13 guruh talabasi Kumush Niyazmetovani bu musoboqada qatnashishga lutfan taklif qilamiz. Sizlar uchun login parol va joy tayyor.

Bu musoboqa masalalar muxokamasida "701-Prime Generator" masalasini qanday yechish mumkinligi ham ko'riladi.

Natijalar:
1-o'rin: Aminov Shavkat(913-13)(6 masala)
2-o'rin: Yusupov Giyos(911-13)(5 masala)
3-o'rin: Sultonov Yoldoshboy(914-13)(5 masala)
Eng tezkor dasturchi Sultonov Yoldoshboy(914-13)(9:00 A("N! oxiridagi nollar"))
Masalalar(Saytdagi 600-607)
Monitor


Izohlar(0)

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2014-05-11. Ko'rishlar: 89767