Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 893

Foydalanuvchilar soni: 6664

Jo'natishlar soni: 548922

Muhokama yozuvlari: 3250

Yangiliklar soni: 92

Yangiliklar izohlari: 1090


So'ngi izohlar

  Al-Xorazmiy 2018 final natijalari + Online contest#27

2018 yil 19 may kuni TATU Urganch filialida dasturlash bo'yicha "Al-Xorazmiy-2018" tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi. 9 ta rasmiy va 4 ta norasmiy qatnashchilar ishtirok etishdi. 1-o'rinni TATU Urganch filiali qoshidagi 1-son akademik litsey talabasi Baxtiyor Qalandarov, 2-o'rinni Urganch shahar 1-umumiy o`rta ta'lim maktabi o'quvchisi Javohir Shomuratov, 3-o'rinni Hazorasp tuman 15-umumiy o`rta ta`lim maktabi o'quvchisi Abdulaziz Axmedov egallashdi.

Umumiy natijalar

Musobaqa masalalari saytimizda Online contest#27 sifatida 22 may kuni o'tkaziladi. Contest 13:30 da Online contest da boshlanadi. Agar siz rasmiy musobaqada qatnashgan bo'lsangiz online contestda qatnashmang. "Al-Xorazmiy-2018" masalalari osonroq bo'lganligi uchun 2-3 ta murakkabroq masalalar qo'shiladi. Shuning uchun musobaqa ko'pchilik uchun qiziqarli bo'lishi mumkin.
Contest avtorlari Murodjon Davronov, Qudrat Ibadullayev va Azat Yusupov.


Izoh yozish

Izohlar(14)

Razzoqberdiyev Alisher, 4 oy oldin, #
Tabriklaymiz!!!

Asadullo Ganiyev , 4 oy oldin, #
Hi!

Razzoqberdiyev Alisher, 4 oy oldin, #
Online contest#27 qatnashchilarga omad yor bo`lsin!

Asadullo Ganiyev , 4 oy oldin, #
Nima uchun 1-testda xato javob olgan urinishni urinishlarim soniga qo`shildi?

Azat Yusupov , 4 oy oldin, #
Faqat Compilation error va Accepted masalaga qayta jo`natish urinishlarga qo`shilmaydi. ACM ICPC da ham shunday.

Asadullo Ganiyev , 4 oy oldin, #
Rahmat

Razzoqberdiyev Alisher, 4 oy oldin, #
Admin J. Qurbaqa va pashsha masalani 7-testini tekshirib ko`ring!

Ahror Abdullayev , 4 oy oldin, #
Natijalar qachon chiqadi

Ahror Abdullayev , 4 oy oldin, #
K masalada Eyler funksiyasi yig`indisini topishga nimadan foydalandingiz. formula ,Erotosfen g`alviri yoki boshqa...

Asadullo Ganiyev , 4 oy oldin, #
Qaysi masalalar final masalalari edi?

PAIN, 4 oy oldin, #
Ahror Abdullayev, Eyler funksiyasi orqali ishlanadi. Eratosfena galviri orqali har bir sonni eng kichik bo`luvchisi topib kopi bilan 20 amal bilan uni tub ko`paytiruvchilarga ajratib ishlanadi.

Ahror Abdullayev , 4 oy oldin, #
Ok. Rahmat.

Abrorbek Aminov , 4 oy oldin, #
Hammani tabrikliman!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

Javohir Developer :) , 4 oy oldin, #
raxmat :)

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2018-05-21. Ko'rishlar: 62115