Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 884

Foydalanuvchilar soni: 6002

Jo'natishlar soni: 526557

Muhokama yozuvlari: 3131

Yangiliklar soni: 89

Yangiliklar izohlari: 1055


So'ngi izohlar

  Dasturlash bo'yicha Al-Xorazmiy-2018 tanlovi!!!

UPD 4: Dasturlash bo'yicha Al-Xorazmiy-2018 tanlovining final bosqichi 19 may, shanba kuni TATU Urganch filialida o'tkaziladi. Finalga saralash bosqichida kamida 1 ta masala yechgan rasmiy qatnashchilar taklif etiladi.
Musobaqa kun tartibi:
10:00-11:30 Ro'yxatdan o'tish va sinov turi
12:00-16:00 Musobaqa
16:30-17:00 G'oliblarni e'lon qilish va taqdirlash

Rasmiy qatnashuvchilar(TATU Urganch filialiga keluvchilar) o'zlari bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjat(pasport yoki to'g'ilganlik haqida guvohnoma) va o'quv muassasi talabasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat(reyting daftarchasi) larni olib kelishi shart.
UPD 3: Satalash bosqichida qatnashib kamida 1(bir) masala yechgan rasmiy qatnashchilar 19 may kungi final bosqichida qatnashishga taklif qilinadi

UPD 2(15.05): Contest tugadi.Bracha qatnashchilarga raxmat! Masalalarni saytda (572-577 masalalar) yechishni davom ettirishingiz mumkin. Masalalar Azat Yusupov, Murodjon Davronov va Qudrat Ibadullayev lar tamonidan tayyorlandi. Natijalar ertaga e'lon qilinadi.
UPD 1: Saralash turi 15 may 14:00 da Online contest da boshlanadi.

Buyuk olim, vatandoshimiz Al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligi munosabati bilan TATU Urganch filiali tamonidan akademik litsey va kasb-hunar kollej talabalari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida dasturlash bo'yicha Al-Xorazmiy-2018 tanlovi o'tkaziladi. Tanlov 2 bosqichdan iborat bo'lib:
1-bosqich. Saralash bosqichi. 15 may kuni soat 14:00 online tarzda saytimizda (algo.ubtuit.uz) "Online contest" da boshlanadi va 4 soat davom etadi
2-bosqich. Final bosqichi. 19 may kuni TATU Urganch filialida o'tkaziladi.

1-bosqichda qatnashchilar o'zlarining ta'lim muassasidagi Internet tarmog'iga ulangan kompyuter sinflarida qatnashishlari kerak. Saralash bosqichida har bir ishtirokchi faqat o'z bilim va iqtidoridan foydalangan holda, boshqalarning yordamisiz masalalarni mustaqil yechishi shart. Agar ikki qatnashchi bir-biridan ko'chirilganlik aniqlangudek bo'lsa qatnashchilarning ikkalasining ham yechimlari olib tashlanadi.

Final bosqichga saralashda yuqori o'rinlarni egallagan qatnashchilar(taxminan 20-30 ta, yechilgan masalalar soniga qarab) final bosqichida qatnashishga taklif qilinadi. Ularning ro'yxati 16 maydan kechiktirilmasdan e'lon qilinadi.

Dasturlash tillari
Musobaqa vaqtida Paskal, C, C++, Java dasturlash tillarida yozilgan yechimlarni jo'natishingiz mumkin.

Norasmiy qatnashuvchilar
Akademik litsey, kasb-hunar kolleji va o'rta maktab o'quvchilari bo'lmaganlar Online tarzda norasmiy qatnashishlar imumkin. Norasmiy qatnashish uchun tanlovda qatnashish uchun ariza bermang.

Tanlovda qatnashish uchun ariza berish.
Ariza berish uchun avval tizimga login va parolingiz bilan kiring. Agar login va parolingiz bo'lmasa avval havola orqali tizimda ro'yxatdan o'ting.Ro'yxatdan o'tish formasida ism va familiyangizni to'gri kiriting va login bilan parolingizni eslab qoling. Login va parol 1-bosqichda "Online contest" ga kirish uchun qo'llaniladi.
Tanlovda qatnashishga ariza berish uchun yuqoridagi tartibda tizimda ro'yxatdan o'tgandan keyin quyidagi Ariza berish tugmasini tanlang va tegishli ma'lumotlaringizni kiriting.



Ariza berishdagi ma'lumotlaringizni o'zgartirish uchun qaytadan ariza berish tugmasini tanlang.

Ro'yxatdan o'tish 15 may soat 14:00 da yakunlanadi




Kontakt malumotlar.
Tashkiliy qo'mita a'zosi:
Raximboyev Xikmat,
Axborot texnologiyalari kafedrasi katta oqituvchisi, TATU Urganch filiali
Tel: +998934654481
Email: hikmatrx@umail.uz
Royxatdan otish va online turi boyicha murojaat qilish uchun:
Azat Yusupov
Dasturiy injiniring kafedrasi assistent oqituvchisi, TATU Urganch filiali
Email: yusupovazat@gmail.com

Istalgan umumiy savollarni izohlarda yozishingiz mumkin.

Avvalgi musobaqalar masalalari.

Al-Xorazmiy-2017:
Saralash bosqichi
Final bosqichi

Al-Xorazmiy-2016:
Saralash bosqichi


Izoh yozish

Izohlar(40)

Khujamurod97, 3 oy oldin, #
Assalomualaykum. Ushbu ko`rik tanlovni tashkilotchilariga kattakon raxmat aytib qolaman. Shu qatorda bir savolimga javob olishni istardim :
Ko`rik tanlovning final bosqichi online tarzda bo`ladimi yoki universitetning o`zidami ?

Worst worst, 3 oy oldin, #
"2-bosqich. Final bosqichi. 19 may kuni TATU Urganch filialida o`tkaziladi." yuqorida yozilganku

Allayar Kalmuratov, 3 oy oldin, #
G`oliblarga mukofot bormi?

Murad Fayzixanov, 3 oy oldin, #
Vsem uchatnikam UDACHI!

Razzoqberdiyev Alisher, 3 oy oldin, #
Hamma qatnashchilarga omad yor bo`lsin!!!

Shohruh Sadullayev, 3 oy oldin, #
Mana shu gapga qo`shilaman.

Razzoqberdiyev Alisher, 3 oy oldin, #
Filialimiz birinchi kurs talabalari ham faol qatnashsalar yaxshi bo`lardi!!!!

Shohruh Sadullayev, 3 oy oldin, #
Hammaga omad!

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
Hammaga salom. Men qatnashmoqchiman lekin Kurs hato kiritilgan deb chiqaryapdi. Men 10-sinf òquvchisiman. Menimcha hatolik ketgan bolsa kerak iltimos tekshirib kòringlar

Azat Yusupov , 3 oy oldin, #
O`tgan yili 10 sinflar yo`q bo`lganga 9 gacha tekshirilgan ekan. To`g`irlandi. Endi urinib ko`r.

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
Katta raxmat. Royhatdan òtdim

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
Otdim

Rasul Qadamboyev , 3 oy oldin, #
salom tanlov g`oliblariga mukofot bormi

Rasul Qadamboyev , 3 oy oldin, #
taxminan nechta masala bo`ladi

Azat Yusupov , 3 oy oldin, #
6 masala

Azat Yusupov , 3 oy oldin, #
Final bosqichi go`liblariga bor. Online turidagi eng yaxshi qatnashchilar keyingibosqichga o`tishadi.

Razzoqberdiyev Alisher, 3 oy oldin, #
Hamma qatnashchilarga omad yor bo`lsin!!!

Shahobiddin Ismoilov , 3 oy oldin, #
Rahmat kattakon!

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
Nimagadir javoblarni yubora olmayapman.

Xaker , 3 oy oldin, #
Agar Java dastulash tilida kod yozayotgan bo`lsangiz package yozmasadan jo`nating.

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
package ni yozaymi yoki undan pasidan boshlab jo`nataymi

Xaker , 3 oy oldin, #
jo`natganingizda package dan pasitini jo`nating

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
unda ham olmayapdi

Xaker , 3 oy oldin, #
sizda hozir runtime error 1 beryaptimi yoki kodni jo`natib bo`lmayaptimi

Bekzodbek Quromboyev, 3 oy oldin, #
hammasini ishlab boldim Ammo yubora olmayapman. 10 min qoldi.
Qanday yuborishni kimdir bilsa aytib yuborsin

Razzoqberdiyev Alisher, 3 oy oldin, #
Contestda qo`yilgan masalalarga gap yo`q!!! Final qatnashchilarga omad yor bo`lsin!!! Masala avtorlariga katta rahmat!!! Final bundanda qiziqarli bo`ladi degan umiddamiz!!! 

Razzoqberdiyev Alisher, 3 oy oldin, #
Shunga o`xshagan Contestlar ko`p qo`yilsa zo`r bo`lardi!!!

Xaker , 3 oy oldin, #
biz ham kutib qolardik yangi contestlarni yangi avtorlar tomonidan o`tkazilishini.

Husniddinxo'ja Abdurahimov , 3 oy oldin, #
Javoblar qachon chiqadi?

Husniddinxo'ja Abdurahimov , 3 oy oldin, #
Final chiqadiganlar

Azat Yusupov , 3 oy oldin, #
Ertaga

Kripton , 3 oy oldin, #
Javoblar qachon chiqadi

Kripton , 3 oy oldin, #
Zor bolibdi raxmat

Rasul Qadamboyev , 3 oy oldin, #
coldun claw kimsiz 1litseyda  o`qiysizmi qaysi gruppa biz sizni tanimadik .

Oybek Saloxiddinov, 3 oy oldin, #
Hammaga salom nechta ishtirokchi Finalga yo`l 
olishibdi kim biladi. Finalga chiqganlarga omad yor bo`lsin

koldun clash , 3 oy oldin, #
man toshkentda institutda 1-kursda o`qiyman ,  contest kollej talabalarina bo`lg`ani uchun shundiy dab ariza barvadim

Xikmat Raximboyev, 3 oy oldin, #
Kamida 1 ta masala echganlar 2 bosqichga taklif etiladi.

Oybek Saloxiddinov, 3 oy oldin, #
Qachon bo`ladi keyingi bosqich 
shuni aytvorila

Oybek Saloxiddinov, 3 oy oldin, #
Man ruyxatdan utganim yuq edim TATU QF da 1-bosqichda uqiyman nima qilsam buladi qatnashish uchun

Xikmat Raximboyev, 3 oy oldin, #
2 boshqich Urganch filialda lokal tarmoqda o`tkaziladi.

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2018-05-11. Ko'rishlar: 47996