Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 884

Foydalanuvchilar soni: 6002

Jo'natishlar soni: 526557

Muhokama yozuvlari: 3131

Yangiliklar soni: 89

Yangiliklar izohlari: 1055


So'ngi izohlar

  TATU UF 1-kurs talabalari uchun trains contestlar.

UPD (20.07.2017): Quyidagi jadvalda nomi ko'rsatilgan kamida 2 ta masala yechgan 7 ta talaba yozgi tayyorgarlikga qabul qilinadi. Yozgi tayyorgarlik 10-avgustdan boshlanadi. Ungacha yozgi tayyorgarlikga qatnashuvchi 1-kurslar tayyorgarligi Codeforces saytida davom etadi. 22-iyulgacha 7 talaba Codeforces saytida registratsiyadan o'tib, o'z hendllarini ibadullayev.qudrat@mail.ru pochtasiga yuborishlari kerak bo'ladi.
UPD (19.07.2017): 1-kurslar o'rtasida yozgi tayyorgarlikga qatnashish huquqini beruvchi saralash bosqichining ikkinchi yakuniy contesti ham o'z nihoyasiga yetdi (monitor). Ikki contestni ham qoldirmay, oxirigacha qatnashganliklari uchun ishtirokchilarga katta rahmat! Ikkala contest natijalariga ko'ra kamida 1 ta masala ishlagan qatnashchilar soni 11 ta. Umumiy jadval quyidagicha:

O'rin Qatnashchi Masalalar soni Jarima vaqti
1 Husanboy Abdullayev (913-16) 9 1117
2 Muhammad Rahimov (942-16) 8 1342
3 Behzod Rajabov (913-16) 5 492
4 Lochinbek Niyazmetov (913-16) 5 561
5 Shahriyor Ibragimov (941-16) 2 266
6 Sarvar Azadov (941-16) 2 374
7 Yusufboy Atajanov (913-16) 2 448
8 Sirojbek Allaberganov (941-16) 1 22
9 Shoxrux Sadullayev (941-16) 1 24
10 Xursandbek Sherxonov (941-16) 1 52
11 Azizbek Jumanazarov (913-16) 1 259

UPD (15.07.2017): 19-iyul Chorshanba kuni soat 14:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali 1-kurs talabalari o'rtasida yozgi tayyorgarlikda qatnashish huquqini beruvchi so'nggi saralash contesti o'tkaziladi. Contest E-hukumat o'quv zalida onsite tarzida o'tkaziladi va uning natijasi avvalgisi bilan birlashtirilib yakuniy natijalarga ko'ra yaxshi qatnashgan talabalar yozgi tayyorgarlikga taklif qilinadi.
So'nggi 5-trains 15.07.2017 soat 17:00 da start oladi va 18.07.2017 soat 22:00 gacha davom etadi. 4-trains ham parallel ravishda davom etaveradi.
UPD (13.07.2017): 4-trainsga kirish.
UPD (10.07.2017): 3-trainsga kirish.
TATU Urganch filiali 1-kurs talabalari uchun trains contestlar tashkil qilindi. Bu contestlar natijasi muhim ahamiyat kasb etmaydi faqat talabalarning tayyorgarligini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. 2 hafta mobaynida 5 ta trains o'tkazish rejalashtirilmoqda. 1-trains lokal tarzda bo'lib o'tdi, keyingi trainslar esa saytda online tarzda o'tkaziladi. Bu contestlarga saytning Trains bo'limidan kirib qatnashishingiz mumkin bo'ladi. Trainslarda masalalar qiyinchiligi o'sish tartibida saytda mavjud masalalardan tanlanib boriladi. Haftaning toq kunlari trains masalalarining muhokamasi E-hukumat o'quv zalida bo'lib o'tadi. 1-kurslar o'quv amaliyotining oxirida yozgi tayyorgarlikga qatnashish huquqini beruvchi yakuniy saralash bosqichi o'tkaziladi. Uning natijasi avvalgisi bilan birlashtirilib yakuniy natijalar e'lon qilinadi. Saralash contestida trainslarda qo'yilgan masalalarga o'xshash masalalar qo'yiladi. Shuning uchun trainslarda iloji boricha barcha masalalarni ishlashga harakat qiling!
2-trains contestga kirish.


Izoh yozish

Izohlar(2)

SoxibQron , 7 oy oldin, #
qqqqqqqqqqqqqqqqqqqq

SoxibQron , 7 oy oldin, #
uzr adashib ketib woldi

Avtor: Qudrat Ibadullayev. Sana: 2017-07-07. Ko'rishlar: 174041