Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 884

Foydalanuvchilar soni: 6115

Jo'natishlar soni: 528396

Muhokama yozuvlari: 3149

Yangiliklar soni: 90

Yangiliklar izohlari: 1062


So'ngi izohlar

  Alxorazmiy-2017 tanlovi final bosqichi!!!

UPD 1: Musobaqa natijalari: monitor
Masalalari saytimizning 875-882 masalalari.
Masalalar avtorlari.
A-Al-Xorazmiy: Idea, tekst: Azat Yusupov. Testlar: Qudrat Ibadullayev
B-Algebra: Azat Yusupov
C-Shtrix kod: Murodjon Davronov
D-Ketma - ketlik: Idea, tekst: Azat Yusupov, Testlar: Murodjon Davronov
E1,E2-Anagram juftliklar: Muhammad Rahimov
F1,F2- Avtobus haydovchisi: Qudrat Ibadullayev

Dasturlash bo'yicha Al-Xorazmiy-2017 tanlovining final bosqichi 6-may, shanba kuni TATU Urganch filialida o'tkaziladi. Finalga saralash bosqichida kamida 2 ta masala yechgan rasmiy qatnashchilar taklif etiladi.
Musobaqa kun tartibi:
9:00-10:30 Ro'yxatdan o'tish va sinov turi
11:00-15:00 Musobaqa
15:30-16:30 G'oliblarni e'lon qilish va taqdirlash

Rasmiy qatnashuvchilar(TATU Urganch filialiga keluvchilar) o'zlari bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjat(pasport yoki to'g'ilganlik haqida guvohnoma) va o'quv muassasi talabasi ekanligini tasdiqlovchi hujjat(reyting daftarchasi) larni olib kelishi shart. Hujjatlarning asil nusxasi bo'lishi kerak. Ushbu hujjatlarsiz rasmiy qatnashishga yo'l qo'yilmaydi.


Izoh yozish

Izohlar(10)

Razzoqberdiyev Alisher, 1 yil oldin, #
Hamma qatnashchilarga omad yor bo`lsin!!!

Sherzodbek Tajimov, 1 yil oldin, #
Institut o`quvchilari qatnashishi mumkinmi>?

Azat Yusupov , 1 yil oldin, #
13:00 da boshlanadigan online versiyasida qatnashish mumkin. Online Contest#25 + TATU UF 1-kurs talabalari tanlovi yangiligini qarang.

Razzoqberdiyev Alisher, 1 yil oldin, #
O`zimiz bilan olib boradigan hujjatni (reyting daftarchasi) o`rniga kollej mamuriyatidan haqiqatan ham shu kollejda o`qiyapti degan malumotnoma olib borsak ham bo`ladimi!

Azat Yusupov , 1 yil oldin, #
Xa, mumkin. Lekin shaxsni tasdiqlovchi hujjat ham bo`lishi kerak.

Jumaboyev Asadbek, 1 yil oldin, #
Al-Xorazmiy 2017 tanlovining final bosqichi ishtirokchilari ro`yxatini qayerdan ko`rishimiz mumkin

Azat Yusupov , 1 yil oldin, #
Bu yerdan. Kamida 2 ta masala yechgan rasmiy qatnashchilar.

IIV XORAZM AKADEMIK LITSEY , 1 yil oldin, #
Musobaqa yana qachon bo`ladi? Borgan bo`lsa javob yozing

Qudrat Ibadullayev, 1 yil oldin, #
Bu bo`yicha biron narsa deyish qiyin, buni "kattalar" rejalashtirishadi.

Ism Familiya, 5 oy oldin, #
bu yilgisi qachon bo`ladi?

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2017-05-04. Ko'rishlar: 173289