Yo`nalishlar
Hozirda online

Statistika

Masalalar soni: 867

Foydalanuvchilar soni: 5037

Jo'natishlar soni: 451715

Muhokama yozuvlari: 2511

Yangiliklar soni: 86

Yangiliklar izohlari: 946


So'ngi izohlar

  www.uz
  Online Contest#25 + TATU UF 1-kurs talabalari tanlovi

UPD 1: Contestda qatnashib, kamida 1 masala yechgan TATU UF 1-kurs talabalarini 15 may, dushanba kuni soat 15:00 da 315-xonaga kelishlarini so'raymiz.

6 may, shanba kuni saytimizda 25-online contest o'tkaziladi. Contest Al-Xorazmiy-2017 olimpiadasining final bosqichi masalalarida o'tkaziladi. Contest 13:00 da saytimizda Online Contest da boshlanadi. Final bosqichi ishirokchilaridan boshqalarni online qatnashishga taklif qilamiz. Online contest natijasi Al-Xorazmiy-2017 finali natijasiga aloqadar emas. Faqat TATU Urganch filialida kelib qatnashgan qatnashchilarning natijasi hisobga olinadi.

TATU Urganch filialining yangi olimpiadachilari bo'lishni istagan TATU Urganch filialining 1-kurs talabalarini bu musobaqada qatnashishga taklif qilamiz. Unda yaxshi qatnashgan talabalar iyun oyi oxirigacha tayyorgarliklari qo'llab quvvatlanadi. Buning uchun sizdan yo'l topib, online contestda qatnashishish talab qilinadi. Olimpiadachilarning oxirgi ro'yxati esa iyun oxirida aynan bu online contestda yaxshi qatnashgan va 2 oy davomida yaxshi tayyorlangan talabalardan tanlab olinadi.


Izoh yozish

Izohlar(6)

Ibrahimovic, 8 oy oldin, #
Qanday qilb ro`yhatdan o`tiladi ?

Azat Yusupov , 8 oy oldin, #
Ism familiyani to`g`ri qilib yozib qatnashish yetarli. Alohida ro`yxatdan o`tish shart emas.

Behzod_Rajabov("913-16");, 8 oy oldin, #
Contest Elektron hukumat auditoriyasida bo`ladimi???

Qudrat Ibadullayev, 8 oy oldin, #
Elektron hukumat o`quv xonasida musobaqaning final bosqichi ishtirokchilari qatnashadi. Online Contestga qayerda qatnashishning ahamiyati yo`q.

Behzod_Rajabov("913-16");, 8 oy oldin, #
***1-kurs talabalari ham Elektron hukumatda Onlayn Contestga qatnashishga ruxsat beriladimi?*

Azat Yusupov , 8 oy oldin, #
Yo`q. Elektron hukumatda qatnashishga faqat rasmiy qatnashchilarga ruxsat etiladi. 1-kurs talabalari internet orqali boshqa istalgan joydan qatnashishlari mumkin.

Avtor: Azat Yusupov. Sana: 2017-05-04. Ko'rishlar: 16387